29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 17:12
Siyosat 👁 3,195

PARLAMENT NAZORATI FUQAROLIK JAMIYaTINING MUHIM BELGISI

PARLAMENT NAZORATI FUQAROLIK JAMIYaTINING MUHIM BELGISI

2016-yilning 11-aprel kuni "Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu Qonunning maqsadi parlament nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Parlament nazorati subʼektlari quyidagilardan iborat: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari, komissiyalari, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar guruhlari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman).

Parlament nazorati obʼekti esa Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funktsiyalarni amalga oshirish boʻyicha faoliyatidir.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyat parlament nazoratining obʼekti boʻlishi mumkin emas.

Parlament nazorati sohasiga navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlarini hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini qabul qilish, shuningdek Davlat byudjeti ijrosining borishini koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish, Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining hisobotini eshitish, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish, parlament soʻrovi, Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻrovi, Qonunchilik palatasi, Senat qoʻmitalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish, qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari tomonidan oʻrganish va qonun osti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish, parlament tekshiruvi kiradi.

Parlament nazorati qonunga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.             

Qonunda prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish belgilangan boʻlib, mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha ular ishining samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalari tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuzilishi, komissiyaning faoliyatini tashkil etish tartibi Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan belgilanishi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori har yili Senatga hisobot takdim etishi, hisobot Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Qonun-chilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat kiluvchi komissiyasi bilan birgalikda koʻrib chiqilishi, hisobotni eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qilishi va ushbu  qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborilishi qayd etilgan.

Mazkur Qonunning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish borasida prokuratura organlari, xususan, Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan ham targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Maqsadimiz – aholining huquqiy savodxonligini oshirish orqali jamiyatda barqarorlikni taʼminlashga hissa qoʻshishdir. 


Ye.AYTNIYaZOV,

Departamentning Qoraqalpogʻiston

Respublikasi Boshqarmasi ShTBI katta inspektori.

F.ORAZBAYeV,

Departamentning tuman boʻlimi boshligʻi
.
(Foto: https://www.gazeta.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026