OʻQITUVChI MEHNATKASh BOʻLSA...
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarini oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq endilikda oʻrta umumtaʼlim maktablarining 1-sinfidan boshlab bolalarga chet tillarini oʻrgatish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Chunki til bilish – dunyo bilan tanishish, jahon xalqlari tarixi, urf-odat va anʼanalarini qiyosan oʻrganish uchun eng toʻgʻri yoʻldir.
Chet tillarini oʻrganishning eng oson va maqbul yoʻli – audio va video tasmalar, mazmuni tarbiyaviy ahamiyatga ega qisqa metrajli kinofilmlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bunday usul bolaning nutq madaniyatini oʻstirishda tilning fonetik, morfologik, grammatik va leksik jihatlarini keng va teng ravishda olib borish imkonini beradi. Bundan tashqari, turli rasmli kitobchalardan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki tilni oʻrganishdagi hech bir jarayon kitob beradigan bilimchalik kuchli emas. Sababi, kitob hamisha yonimizda, xohlagan paytda uni ochib, oʻqib-oʻrganish mumkin.
Muhimi, oʻqituvchi mehnatkash boʻlsa, undagi bu xususiyat bolaga ham oʻtadi va til oʻrganishda bola mehnat qilishdan zerikmaydi. Bu – muvaffaqiyat sari yetaklovchi yoʻldir.
Yulduz YuSUPOVA,
NDPI talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶