SPORT MAKTABIMIZDA UMIDLI SPORTÇILAR KAMOLGA YeTMOKDA
Butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham sportning ayniqsa, bolalar sportining ommalaşuviga erişilmoqda. Buni bugungi kunda Bolalar-ösmirlar sport maktabida 1612 nafar öquvçi-yoşlar sportning 16 turi bilan muntazam şuğullanayotganida ham körişimiz mumkin.
Öquvçilarning yozgi taʼtilidagi böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida yoz faslida ham turli musobaqalar ötkazilib, yoşlarning sport turlariga qiziqişini oşirişga erişilmoqda. Natijada tarbiyalanuvçilar orasida musobaqalarning tuman, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçlari ğoliblari safi tobora köpaymoqda. Xususan, yaqinda Nukus şahrida bölib ötgan sportning karate-do turi böyiça musobaqada BÖSM tarbiyalanuvçilaridan Azamat Qurbonboyev mutloq vaznda birinçi, Dilşod Yovmutboyev 30 kg. vaznda ikkinçi, Javohir Bahromov 25 kg. vaznda uçinçi, Qunduzoy Jamilova 40 kg. vaznda uçinçi örinlarni yengib oldilar. Erişilgan natijalar murabbiy Ildar Erimmetov öz şogirdlari bilan muntazam va qunt bilan şuğullanganini körsatadi.
Yaqinda Qoraqalpoğiston Respublikasi VI "Teleturnir - 2016” musobaqasining kuraş turi tumanimizdagi BÖSMda ötkazilganligi ham bejiz emas. Çunki bizning tumanimizda milliy sport turi – kuraş böyiça köpgina nufuzli musobaqalarda qatnaşib, yutuqqa erişayotgan yoş polvonlar köp.
Respublikamizning barça tumanlaridan va Nukus şahridan umidli yoş polvonlar iştirok etgan mazkur musobaqaga Qoraqalpoğiston Respublikasi kuraş federatsiyasi vitseprezidenti Serik Jusipbekov, Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri örinbosari, Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi Qoraqalpoğiston bölimi ijroçi direktori Sansizboy Safarniyozovlar qatnaşib, ösmir-yoşlarning bellaşuvini qiziqib tomoşa qildilar.
Şuningdek, "Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida BÖSM öquvçi-yoşlaridan Xursand Jölliboyev birinçi, Sapura Bobojonova esa ikkinçi örinlarni yengib oldilar.
Xursand Jölliboyev 27-iyul kuni Özbekiston Respublikasi "Yoşlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengaşi birinçiligida ham birinçi örinni egallab, çempion bölib qaytdi. Yana bir tarbiyalanuvçimiz Karamaddin Örozboyev esa mazkur musobaqada ikkinçi örinni zabt etdi.
Şu yilning 29-30 iyul kunlari sportning karate-do turi böyiça Nukus şahrida bölib ötgan Bolalar-ösmirlar sport maktabi oçiq birinçiligida Quvonçbek Safarboyev ikkinçi, Uluğbek Otajonov uçinçi, Nursulton Yerdoşev uçinçi örinlarni yengib olişdi.
Şuningdek, 29-30 iyul kunlarida ötkazilgan Nukus şahri 2-sonli Bolalar-ösmirlar sport maktabi oçiq birinçiligida bizning tarbiyalanuvçilarimizdan öz vazn toifalarida Alibek Rajabboyev birinçi, Temur Şomurodov birinçi, Otajon Komilov ikkinçi, Faxriddin Xidirboyev ikkinçi, Loçin Qurbonboyev uçinçi, Javohir Rajabov uçinçi, Odilbek Bozorboyev uçinçi, Samir Nazirboyev uçinçi örinlarni egalladilar.
Sport maktab tarbiyalanuvçilarining özlari şuğullanayotgan sport turiga qiziqişlarini oşiriş maqsadida turli tadbirlar – sport ustalari, faxriylari bilan uçraşuvlar, "Oçiq darslar” ötkazib turamiz. Murabbiylar bilan tarbiyalanuvçilar orasida döstona munosabat örnatilganligi maşğulotlar yanada samarali bölişiga xizmat qilayotir. Maqsadimiz esa – bolalarni sport maktabimizga köproq jalb qiliş, tumanimiz sport şarafini yuqori kötaruvçi sportçilarni kamolga yetkazişdir.
Çorşam TAJIMURODOV,
BÖSM direktori, xalqaro toifadagi hakam.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶