YuRTIMIZ YuKSALIShI UChUN
Bizning elimizni pillakorlar eli, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki shu maskandan dongdor pillakorlar yetishib chiqqan va biz ham ularning ezgu ishlarini davom ettirib, har yili pilla xirmonlarini yuksaltirib kelmoqdamiz. Bu yilgi mavsumda bir quti ipak qurtlarini risoladagidek parvarish qilib, rejadagi 63 kilogramm oʻrniga 91 kilogramm yuqori navli pilla hosilini topshirdik va bu borada hamkasb pillakorlar orasida rekord koʻrsatkichga erishdik. Bunday yuksak natijaga erishishning oʻzi boʻlmadi, albatta. Ipak qurti boqishga oila aʼzolarimiz bilan birgalikda kunni-tunga ulab mehnat qildik. Natija juda yaxshi boʻldi.
Pilla xirmonlarining yuksalishi – bu yurtimizning yuksalishiga, yanada rivojlanib, obod boʻlishiga bizning qoʻshgan hissamiz boʻladi.
Salomat BOLTAYeVA,
Xolimbeg ovulidagi "Mart ovul” fermer xoʻjaligi pillakori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶