JIPSLIKNING QUDRATI
JIPSLIKNING QUDRATI
(Faxriya)
Çanoqlardan toşib turar uluğ nasiba,
Saxiy kuzning etagidan rizq terar Odam.
Özbekiston tonggi otgan qutluğ pallada,
Hayratlarga çulğanadi jumlai olam!
Obod, yoruğ köngillarni quçmiş faroğat,
Oppoq dengiz çayqaladi samo ostida.
Xalqim uçun fidoyilik – uluğ ibodat,
Mehnat bilan ona Vatan mangu osuda.
Ana qarang, haşar qizir dala tomonda,
Bir yuz öttiz olti millat paxta teradi.
Zafar dami barça xurram, hozir xirmonda,
Yurtda oppoq-oppoq tonglar otaveradi.
Maral eje, Tanya xola, Jeksen kökelar,
Elim, yurtim, degan mard-u maydon aslida.
Ozar qizi Leylaxonim, Nazlim jengelar,
Bir-biridan qolişmaydi terim bahsida.
Mahallalar guzaridan dalaga tutaş,
Yöllardadir jipslikning buyuk qudrati.
Paxta işqi bilan yongan dillarga uyqaş
Xirmonlarda Oqibatning uluğ hikmati.
Kördingizmi, Özbekiston dalalarini,
Quyoş nurin töyib içgan purziyo tuproq.
Dunyo tanir lafzi halol bolalarini,
Xalqim uçun irsiyatdir sözida turmoq!
Sözki, Vatan nomi bilan buyuklangan şon –
Bugun şaraf tojin kiygan dehqonning azmi.
Amu eldan dunyo tomon yöl olgan karvon
Va şijoat, matonatning çinakam bazmi!
Hirmonlari baland-baland, tonglari oppoq,
Ey ona yurt! Özbekiston – jonajon Amu!
Bovurim, deb bağrin oçgan har qoraqalpoq,
Zafar quçgan damlaringda yoningda mangu!
Kördim, Xitoy, Kuyukköpir, Jumurtov yoqda,
Paxta işqi bilan yonib yaşayotir el.
Qiliçboyda, Amir Temur, Qangli, Qipçoqda,
Dalalarga köçib çiqqan barça boğlab bel.
Ahli dunyo havasdadir Amudaryoga
Rizqqa tölib borayotir bu köhna makon!
Baxt-u iqbol bölmagaydir bundan ziyoda,
Paxtasiday tonglari oq nurafşon Vatan!
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶