MINNATDORÇILIGIMIZ ÇEKSIZ
Inson vujudi misli gul, deyişgani töğri ekan. Azob tortsa, damda sölib qolarkan.
Buni Xolimbeg ovulida yaşovçi yaqinim Sanamjon Rajabovaning misolida ayniqsa yaqqol kördim.
Şu yilning 8-oktyabrida keçqurun uning içki aʼzolarida birdaniga kuçli oğriq boşlandi. Yarim tunda tuman tibbiyot birlaşmasining şoşilinç tibbiy yordam bölimiga olib kelişdi va şifokorlar tibbiy yordam körsata boşlaşdi. Oğriqning zöridan bir kunda taniş qiyin darajada özgarib qoldi. Tezkor tekşiruvlar natijasida uning öt qopida toş yiğilib, öt qopini çiritib yuborganligini aniqlaşdi va zudlik bilan jarrohlik amaliyotini ötkazib, öt qopini olib taşlaş kerak, degan xulosaga kelişdi.
Barça qarindoşlar, yaqinlar, oila aʼzolari şifokorlar taklifiga rozilik berib, operatsiya muvaffaqiyatli çiqişini yaratgandan iltijo qilib, sörab turdilar.
Tört soatga yaqin davom etgan operatsiyadan çiqib kelgan bölim mudiri Olimboy Şomurodov, şifokorlar Ikrom Sariboyev, Sanjar Ollamberganovlar bizga kesib olingan, çirib, kökarib ketgan öt qopini körsatib, Sanamjon opani azoblab yurgan şu, endi qutuldi, hademay oyoqqa turib oilasiga qaytadi, - deyişdi.
Bölim şifokorlarining fidoyiliklari tufayli Sanamjon Rajabova olti kun ötib, haqiqatan ham binoyiday soğayib, oilasiga qaytdi.
Bu voqealarni öz közim bilan körib, tumanimizda tibbiyotning neçoğlik rivojlanib ketganligini, şifokorlarimizning kasbiy mahorati tobora oşib, elimizga malakali tibbiy xizmat körsatayotganligini sidqidildan his qildim. Yaqin yillar içida ham buningdek murakkab operatsiyalar faqat Nukusda, Toşkentda bajarilar edi. Endi tumanimizning odamlari dard çeksa, uzoqqa bormay, tuman tibbiyot birlaşmasida dardiga şifo topib ketişayapti.
Ayniqsa tibbiyot xodimlarining odobli, şirinsözligini aytmaysizmi?
Men bu işlarning boşida turgan tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği Olimboy Halimovga, murakkab operatsiyani muvaffaqiyatli ötkazgan Olimboy Şomurodov, Ikrom Sariboyev, Sanjar Ollamberganovlarga, ularga kömakdoş bölgan barça hamşiralarga minnatdorçilik bildiraman. Ularga "El soğliği yölida çarçamang”, deyman.
Yöldoş RAJABOV,
mehnat faxriysi.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶