ENG ULUĞ, ENG AZIZ AYYoM ŞUKUHI
Kun ötgani sari xalqimizning azaliy orzulari uşalgan, Özbekistonimiz mustaqillikka erişgan tarixiy sana - 1-sentyabr ham tobora yaqinlaşmoqda. Yurtimizda har yili bu eng uluğ, eng aziz ayyomni katta tayyorgarlik, katta taraddud bilan kutib oliş ezgu anʼanaga aylangan. 2013-yil 12-iyun kuni qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida»gi Qarori bu işlarni yangi bosqiçga kötaradigan hujjat böldi.
Qarorda taʼkidlanganidek, xalqimiz bu yil Özbekiston davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik töyini katta tantana, şodu xurramlik bilan keng nişonlaydi. Haqiqatan ham, umummilliy bayramimiz bölgan bu qutluğ sana haqida söz borar ekan, ötgan davr mobaynida bosib ötgan yölimizni, amalga oşirgan işlarimizni xolisona sarhisob qilib, bugungi yutuq va marralarga avvalo qanday oğir va maşaqqatli mehnat evaziga erişganimizni yana va yana bir bor köz öngimizdan ötkazişimiz tabiiydir.
Bugun yurtimizdagi tinçlik va osoyiştalik, totuvlik va hamjihatlik, taraqqiyot va farovonlikni körgan kişi bunday yutuqlar tarixan qisqa davr içida qölga kiritilganiga hayrat bilan qaraydi. Har yili bu qutluğ ayyom yaqinlaşar ekan, mustaqilligimiz tobora mustahkamlanib, yurtimiz obod, xalqimiz turmuşi farovon bölib borayotganini körib, Yaratganga şukronalar aytamiz.
Yurtimizning har bir fuqarosi qatori men ham Mustaqillik bayramini munosib tarzda kutib oliş va ötkaziş maqsadida qabul qilingan Yurtboşimizning yuqoridagi Qarorini katta hayajon bilan öqib çiqdim. "Qadr-qimmatim, tayançim va iftixorimsan, mustaqil Özbekiston!” degan şiorni asosiy ğoya sifatida özida mujassam etgan holda yurtimizning har bir göşasi – şahar va qişloqlarda, ovul va mahallalarda uyuşqoqlik bilan, kötarinki ruhda ötkaziladigan taşkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy tadbirlar hamda tarğibot-taşviqot işlarida ham deputat sifatida, ham şu elning farzandi sifatida faol qatnaşişim lozimligini yurakdan his qildim.
Haqiqatdan ham, xalqimizda töyga töyona bilan borişdek ajoyib udum bor. Mustaqillik bayramimizni katta yutuqlar bilan kutib oliş har birimizga yaraşadi. Şunday ekan, keling, azizlar hammamiz bir yoqadan boş çiqarib, tumanimizning barça hududlarini - mahalla va guzarlarimiz, köp qavatli uylar, özimiz mehnat qilayotgan, özimiz yaşayotgan maskanni toza va ozoda, körkam va obod maskanga aylantiraylik! Zero, eng uluğ, eng aziz bayramimizni munosib kutib oliş, qadr-qimmatimiz, tayançimiz va iftixorimiz bölmiş mustaqil Vatanimizning rivojiga hissa qöşiş har birimiz uçun şarafli vazifadir.
Hayitgul ALLAKOVA,
xalq
deputatlari tuman Kengaşi deputati,
Kengaşning reglament va deputatlik odobi masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi.
(Foto - http://xs.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶