MAQSADIMIZ – EL IShONChINI OQLASh
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi salomatligini yaxshilashga alohida eʼtibor berildi. Inson salomatligi yoʻlida qilingan mana shunday gʻamxoʻrliklar natijasida nafaqat tumanimiz markazida, balki tumanimizning barcha qishloq joylarida ham aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish ishlari tubdan yaxshilandi.
Ayni kunda "Oq oltin” ovuli markazida faoliyat koʻrsatayotgan qishloq vrachlik punktimizning 2013-yilda rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan binoga koʻchirib oʻtkazilishi ham mana shunday gʻamxoʻrliklarning ifodasi boʻldi, desak aslo yanglishmaymiz.
Bugungi kunda QVPda faoliyat yuritayotgan 3 nafar umumiy amaliyot shifokori, 17 nafar hamshira va 2 nafar kichik hamshira ovulimizning 1375 ta xonadonida istiqomat qilayotgan 8300 dan ziyod aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.
Xodimlarimizning xonadonlarga belgilangan muddatlarda tashrif buyurib, kishilar salomatligini koʻzdan kechirib turishlari, ularga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatishga harakat qilishlari ovuldoshlarimizning tahsinlariga sazovor boʻlmoqda. Inson salomatligini muhofaza qilishga masʼul boʻlgan tibbiyot xodimlariga xalqimizning hurmati va ishonchining tobora ortib borayotganligi bizlarni oʻz kasbimizga yanada koʻproq mehr qoʻyib, fidoyilik namunalarini koʻrsatib mehnat qilishga daʼvat etmoqda.
Jamoamizda katta hamshira Gulsara Toʻramurotova, emlash hamshirasi Gavhar Berdimurotova, patronaj hamshirasi Gulnora Asqarova va patronaj akusherkasi Dilfuza Bekniyazovalar oʻzlarining fidoyi mehnatlari va ishchanligi bilan jamoadoshlariga namuna boʻlmoqdalar.
"Oq oltin” qishloq vrachlik punkti jamoasi aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati va samaradorligini oshira borib, yurtdoshlarimiz salomatligini yanada yaxshilashga, ularning tibbiyot xodimlariga boʻlgan ishonchlarini oqlashga harakat qiladi.
Men ushbu fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimizni tibbiyot xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod qilaman!
Gulsara BEGJANOVA,
"Oq oltin” QVP mudirasi.(Foto - http://uzssgzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶