BAXILNING BOĞI KÖKARMAS
Hayotda men köp bora bir narsaga guvoh böldim: köngli toza, samimiy insonlarni hamişa xudo qöllaydi, işi yurişadi.
Inson hasadgöy bölsa, hayoti ham şunga yaraşa bölar ekan. "Baxilning boği kökarmas”, deganlari rost. Hasadgöy, doimo birovga yomonlik istaydigan insonlarning hayoti yomonliklarga töla böladi.
"Birovga çoh qazisang, özing tuşasan”, - deb bejiz aytilmagan. Birovga yomonlik qilib, hiyla işlatib, obröyini tökiş uçun reja tuzib yuradiganlar köpinça jamiyat oldida uyatga qoladilar.
Birovga yomonlik tilamaydigan, köngli toza insonlarning hayoti farovon bölib, işlari yurişaveradi. Bunday insonlar, mabodo, işlari yurişmay qolgan taqdirda ham aslo nolişmaydi. Noliş – noşukurlik ekanligini yaxşi bilişadi.
Azizlar, şuning uçun köngillarimizni çiroyli odob-axloq ila ziynatlab, atrofimizdagilarga şirin muomalada bölaylik. Zero, xulqi gözal insonlarga Alloh hamişa özining yaxşiliklarini yöllaydi.
Farida QALANDAROVA,
56-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶