SAVDO-SANOAT PALATASI – TADBIRKORLAR HIMOYaChISI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 7 iyuldagi "Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasinitashkil etish toʻgʻrisida”gi 3453-sonli Farmoniga, "Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Qonunga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-sentyabrdagi "Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 441-sonli Qaroriga asosan Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy tuzilmalari tashkil etildi. Jumladan 2016-yilning dekabr oyida bizning tumanimiz hokimligida ham Qoraqalpogʻiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Amudaryo tumani Axborot-maslahat markazi tashkil etilib, oʻz faoliyatini boshladi.
Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ishchanlik muhitinitakomillashtirish, palata aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgani diqqatga sazovordir.
Ayni kunda Savdo-sanoat palatasi tuman Axborot-maslahat markazida Savdo-sanoat palatasiga aʼzo boʻlgan tadbirkorlarga qanday yordamlar berilishi, imkoniyatlar va boshqada bir qancha qulayliklar yaratilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tuman Axborot-maslahat markaziga tashrif buyurayotgan tadbirkorlar Palataning tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda qoʻllab-quvvatlash, qarzdorlikni undirishga huquqiy yordam koʻrsatish borasidagi vazifalari bilan tanishgach, ushbu palataga aʼzo boʻlish istagini bildirishmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining barcha tadbirkorlik faoliyati subʼektlari, ularning birlashmalari, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun tuzilgan boshqa tashkilotlar ham Palataga aʼzo boʻlishi mumkin.
Palataga aʼzolik tadbirkorlik faoliyati subʼekti yoki tadbirkorlik faoliyati subʼektlarining birlashmasi yoxud tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun tuzilgan boshqa tashkilot bilan Palata oʻrtasida shartnoma tuzish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Maqsadimiz – tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Sherzod ABDULLAYeV,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Amudaryo tumani Axborot-maslahat markazi boshligʻi, huquqshunos.
(Foto - http://www.minjust.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶