“Yagona darça” markazlari: tezkor va qulay!
Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik va kiçik biznesni rivojlantiriş yölidagi byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, zamonaviy talablarga javob bermaydigan ruxsat beriş va litsenziyalaş tartib-taomillarini, statistik, moliya va soliq hisobotlarini tubdan qisqartiriş, ularni taqdim qiliş mexanizmlarini takomillaştiriş evaziga qulay işbilarmonlik muhitini yaratiş, ular faoliyatiga keng erkinlik beriş çora-tadbirlari izçil amalga oşirilib kelinmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28 sentyabrdagi "Tadbirkorlik subʼektlariga "yagona darça” tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2412-qaroriga asosan 2016-yilning 1-yanvaridan barça tuman va şaharlar hududlarida tadbirkorlik subʼektlariga "Yagona darça” tamoyili böyiça davlat xizmatlarini körsatuvçi markazlar öz faoliyatini boşladi. Taşkil qilingan "Yagona darça” markazlari zamonaviy kompyuter va boşqa taşkiliy texnikalar bilan taʼminlandi.
Şuningdek, qaror bilan 2016-yil 1-yanvaridan boşlab faqat «yagona darça» markazlari orqali körsatiladigan 16 turdagi davlat xizmatlari röyxati tasdiqlandi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi "Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subʼektlariga "Yagona darça” tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2015-yil 28-sentyabrdagi PQ-2412-son Qarorini amalga oşiriş çora-tadbirlari haqida”gi 358-son qarori qabul qilindi. Uşbu qarorga asosan tadbirkorlik subʼektlariga «Yagona darça» tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş yagona markazlari faoliyatini taşkil etiş, tadbirkorlik subʼektlariga «Yagona darça» tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş yagona markazlari orqali davlat xizmatlari körsatiş tartibi belgilab berildi.
Şuningdek, «Yagona darça» markazlari hamda davlat organlari va qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari körsatadigan va davlat xizmatlari körsatiş uçun zarur hujjatlar va maʼlumotlarga ega bölgan boşqa taşkilotlar örtasida axborotlarni ayir-boşlaş idoralararo özaro elektron tarzda hamkorlik qiliş tizimi vositasida amalga oşiriladi.
Tadbirkorlik subʼektlariga «Yagona darça» tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş davlat xizmati pasportiga muvofiq amalga oşiriladi.
Arizaçi «Yagona darça» markaziga davlat xizmati körsatiş töğrisidagi arizani şaxsan yoki poçta aloqasi vositasida beradi. Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali berilgan arizalar davlat xizmati körsatadigan tegişli vakolatli organga avtomatik ravişda bevosita yuboriladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5 oktyabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini taʼminlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-4848-son Farmoniga asosan tadbirkorlik subʼektlariga faqat davlat xizmatlari körsatiş böyiça yagona markazlar orqali «Yagona darça» tamoyili asosida körsatiladigan davlat xizmatlari röyxatini kengaytiriş nazarda tutilgan.
Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subʼektlariga yaratilayotgan bu kabi imtiyoz va kafolatlar, şuningdek tadbirkorlik subʼektlarini har taraflama qöllab-quvvatlaş xalqimizning turmuş farovonliginioşirişga xizmat qiladi.
Ye.Dosanov,
Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimi.
(Foto - http://poytaxt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶