28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:18
Jamiyat 👁 2,038

“Obod turmush yili“ yangiliklari

“Obod turmush yili“ yangiliklari

Kollektorlar rekonstruktsiya qilinmoqda

Hozirgi kunda tumanimizda 39584 gektar sugʻoriladigan maydon mavjud boʻlib, bu maydonlarga jami 1578.4 km. uzunlikdagi kollektor drenaj tarmoqlari xizmat qiladi. Shundan 290.8 kilometrini xoʻjaliklararo kollektorlar, 1287.6 kilometrini esa ichki xoʻjalik kollektorlari tashkil etadi.

2013-yilda tumanimizda 14.5 km. uzunlikdagi "K-10” kollektorini rekonstruktsiya qilish ishlari rejalashtirilib, shundan 6.4 km qismida rekonstruktsiya ishlari tugallandi. Bu ishlarga 383 mln. soʻmlik mablagʻ sarflandi.

Ayni kunda "K-10” kollektori rekonstruktsiya ishlarida 4 ta ekskavator va 2 ta buldozer qatnashmoqda.

"K-10” kollektorining qolgan 8.1 kmlik. qismida ham rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish maqsadida loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda.

 

Mijozlari koʻp usta

"Choykoʻl” qishlogʻida uy mehnati va oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar koʻpchilikni tashkil etadi. Duradgor usta Komiljon Qoʻchqorov ana shunday tadbirkorlardan. Otasi Usta Qoʻchqordan duradgorlik sirlarini puxta oʻrgangan Komiljon Qoʻchqorov bugun bu hunarni oʻz farzandlariga, qishloq yoshlariga oʻrgatmoqda.

- Moʻl daromad topaman, degan odamga qishlogʻimizda imkoniyat koʻp, - deydi u.

Haqiqatan ham har yili ovuldagi yakka tartibda imorat quruvchilar yangi uy-joylarining, poli, deraza romlari, eshik va darvozasi, shiftidan tortib tomini shifer bilanyopishgacha boʻlgan ustakorlik ishlarini Komiljon ustaga ishlatish uchun navbat talashishlari bejizga emas. Chunki Komiljon ustaning qoʻlidan chiqqan har bir ish sanʼat darajasida nafis, chiroy va mustahkamligi bilan ajralib turadi.

Farzandlari, yaqinlariga, ovul yoshlariga ustoz-shogird anʼanasiga muvofiq kasb-kor oʻrgatib, oilasi uchun moʻl daromad totib, koʻngli xotirjam, turmushi obod yashayotgan Komiljon usta va uning shogirdlari ayni kunlarda ham qishloqdagi yangi imoratlar qurishida mehnat qilishmoqda.

Yoʻllarimiz ravon boʻladi

"Obod turmush yili”da tumanimizda ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash va qayta qurish ishlariga alohida eʼtibor berilmoqda.

Hozirgi kunda tumanimizdagi Amir Temur nomli, "Oʻrta qalʼa” va Qipchoq ovullaridagi 4.670 km. uzunlikdagi yoʻllarni qurish va taʼmirlash ishlari jadal olib borilmoqda.

Tender bahosi 426.913 ming soʻm boʻlgan bu qurilish ishlari tuman yoʻl xoʻjaligi, pudrat, taʼmirlash, foydalanish davlat korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

Suv tarmoqlari qurilmoqda

Ayni paytda tumanimizda shahar va qishloq aholisiga toza ichimlik suvi yetkazib berishni yanada yaxshilash maqsadida suv tarmoqlari qurilishi ishlari qizgʻin davom etmoqda.

2013-yilda tumanimizda jami 52.4 km. uzunlikdagi suv tarmoqlarini qurib bitkazish rejalashtirilgan boʻlib, bu ishlarga 32844.2 million soʻmlik mablagʻ ajratilmoqda.

Ichimlik suv tarmoqlari qurilishi "Keramika qurilish” MChJ, «Amudaryo QM» MChJ va "Amudaryo qurilish” MChJ quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

Moʻl hosildan nishona

Bu yil tumanimiz boʻyicha 16050 gektar maydonga chigit ekilib, dalalarda toʻliq nihol undirishga erishildi. Paxtakor dehqonlarimiz bu yilning bahor oylaridagi tabiat injiqliklarini mardonavor yengib, unib chiqqan har bir tup gʻoʻza niholini saqlab qolishga harakat qildilar. Bu borada qilingan fidokorona mehnatlar zoye ketmadi.

Hozirgi kunda 255 ta fermer xoʻjaliklari va 6 ta yordamchi xoʻjaliklar dalalarida ekilgan gʻoʻzalar yaxshi parvarish natijasida rivojlanish fazasiga kirdi.

Shu kungacha tumanimiz boʻyicha barcha dalalardagi gʻoʻzalar bir marta toʻliq oziqlantirildi, 4-5-marta qator oralariga ishlov berildi. 5000 gektar maydondagi gʻoʻza qondirib sugʻorildi.

Gʻoʻza qator oralariga ishlov berishda 361 ta kultivator agregatlari betoʻxtov ishlatilmoqda.

Shunisi quvonchliki, tumanimizning 9000 gektarga yaqin maydonidagi gʻoʻzalar yoppasiga gullab, moʻl hosil toʻplanayotganidan darak berib turibdi.

 

Basketbolchilar musobaqasi

Shu yilning 25-iyun kuni 7-sonli umumtaʼlim maktabi sport zalida "26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni”ga bagʻishlanib sportning basketbol turi boʻyicha 1-sonli BOʻSM ochiq birinchiligi oʻtkazildi.

Ushbu sport musobaqalarida 8 ta jamoa – 2 ta qizlar jamoasi va 6 ta oʻgʻil bolalar jamoalari kuch sinashdilar.

Sportning basketbol turi boʻyicha 1-BOʻSM ochiq birinchiligi uchun oʻtkazilgan musobaqalarda qizlar jamoalaridan Xoʻjayli shahri qizlari 1-oʻrinni, 1-sonli BOʻSMda sport bilan shugʻullanuvchi 7-sonli umumtaʼlim maktabi qizlari 2-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldilar.

Basketbolchi yigitlar oʻrtasidagi bellashuvlarda Amudaryo akademik litseyi jamoasi 1-oʻrinni, 7-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi 2-oʻrinni va 33-sonli maktab jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Basketbol oʻyini musobaqalari yakunida gʻolib jamoalar 1-sonli BOʻSM faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Oʻsimliklar himoyasi kuchaytirilmoqda

Ayni kunda tumanimizda oʻsimliklar zararkunandalari, kasallik va begona oʻtlarga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi tomonidan 2013 yid uchun maxsus ish dasturi ishlab chiqildi va bu dastur tuman hokimi qarori bilan tasdiqlandi.

Dasturda paxtachilikda qoʻllash uchun 129 kg. trixogramma, 59.0 million dona brakon , 59.0 million dona oltinkoʻz ishlab chiqarish rejalashtirigan edi. Hozirgi kunda tumandagi barcha biolaboratoriyalarda bunday biomahsulotlarni tayyorlash ishlari tezkorlik bilan olib borilmoqda.

Shu kungacha profilaktika maqsadida ekin maydonlari atrofiga, uvatlarga, ariq-zovurlar chetlariga zarur miqdordagi trixogramma, oltinkoʻz va brakon kabi biomahsulotlar tarqatildi.

Tuman hokimining yordami bilan 16 ta biolaboratoriyaga motokolyaska olib berildi.

Hozirgi kunda tumanda qishloq xoʻjalik ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish maqsadida 160 dala nazoratchisi va 29 nafar agronom entomologlar faoliyat olib borishmoqda.

 

Aholiga yana bir qulaylik

Mangʻit shahri markazida, "Yangiobod” mahallasi hududida yangi maishiy xizmat koʻrsatish uyi binosi qurilishi boshlandi. Tender bahosi 429.5 million soʻm boʻlgan ushbu bino qurilishi "Mangʻit invest maksimum” MChJ quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ushbu maishiy xizmat koʻrsatish uyi binosi qurilib foydalanishga topshirilgach, bu yerdagi aholi yana bir qancha qulayliklarga ega boʻladi.

 

Panton koʻprik mukammal taʼmirlanadi

4R181 "Qipchoq-Mangʻit sh. – Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomabil yoʻlining 4-kilometrida joylashgan Qipchoq panton koʻprigini Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisobidan kapital taʼmirlash ishlari boshlanmoqda.

Ikki bosqichda, yaʼni 2013 va 2014-yillarda amalga oshirilishi moʻljallangan bu kapital taʼmirlash ishlarining umumiy tender bahosi 5 mlrd. 108 million soʻmni tashkil etadi.

Panton koʻprigini taʼmirlash ishlari Taxiatoshdagi Qoraqalpogʻiston koʻprik xujaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan taʼmirlash, foydalanish korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Yangi uy-joylar qurilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligi bayrami arafasida tumanimizda 70 ta namunaviy loyiha asosida qurilgan uy-joylar aholi ixtiyoriga topshiriladi. Ayni kunda ushbu uy-joylar qurilishi jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda.

Umumiy tender bahosi 8991.4 million soʻm boʻlgan bunday joylarning 42 tasi "Choykoʻl” ovulidagi "Bosu” massivida, 18 tasi Vaxum massivida, 10 tasi esa Amir Temur nomli ovulning "Taqir qalʼa” massivida qad koʻtarmoqda.

"Parvoz 2013”

Mangʻit shahrida joylashgan NDPI qoshidagi 3-sonli akademik litseyda tugallangan oʻquv yilida 700 nafardan ortiq iqtidorli ygit-qizlar 4 ta yoʻnalish boʻyicha bugungikun talabi darajasida taʼlim-tarbiya oldilar. Shularning 232 nafari litseyni muvaffaqiyatli tamomlashdi.

Shu yilning 26-iyunida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi – "Parvoz 2013” deya nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni litsey direktori Otabek Yoʻldoshev ochdi va oʻquv muassasasidan uchirma boʻlayotgan polaponlarning parvozi yuksak boʻlishini tiladi. Soʻzga chiqqan bitiruvchilar 3-yil mobaynida oʻz farzandlaridek gʻamxoʻrlik qilib, taʼlim-tarbiya bergan ustozlariga minnatdorchilik bildirdilar.

Sugʻorish maromida olib borilayapti

Choykoʻldagi Nurulla Yerdoshev rahbarligidagi fermer xoʻjaligi dehqonlari joriy yilda 80 gektar paxta maydonidan 168 tonna hosil yetishtirish niyatida mehnat qilmoqdalar.

Ayni kunlarda begona oʻtlardan tozalangan paxta nihollarini sugʻorish ishlari maromida olib borilmoqda.

Xoʻjalik paxta dalalarida nihollar toʻliq va rivoji yaxshi.

 

Nodiraning doʻstlari koʻpaydi

83-maktab bogʻcha majmuasining 4-sinfini aʼlo baholarga tugatgan, faol oʻquvchi Nodira Eshimbetova Mangʻit shahrining "Olmazor” mahallasida yashaydi.

U yozgi taʼtilni bekor oʻtkazmaslik uchun Toshkentdagi "Chimyon” bolalar yozgi oromgohida boʻlib qaytdi.

Oromgohda oʻz tengqurlari bilan turli sport musobaqalari va tanlovlarda faol ishtirok etib koʻplab doʻstlar orttirgan Nodiraning oromgohda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlardan quvonchli cheksiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026