DORI VOSITALARI SAVDOSIDA TARTIB ÖRNATILMOQDA
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Qoraqalpoğiston Respublikasi tuman bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktyabrdagi "Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlaşni yanada yaxşilaşga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-2647-sonli Qarorini ijro qiliş borasida amaliy işlar qilinmoqda.
Yuqoridagi qaror bilan belgilangan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarning belgilangan narxlardan qimmat baholarda sotilişini tekşiriş böyiça ötkazilgan nazoratli xarid natijalari böyiça 4 ta holatda qonunbuziliş aniqlandi.
Jumladan, ayrim dorixonalarda sotuvçilar "Nitroglitserin” 0,5 mg tabletkalarini (4140 sömdan sotiş belgilangan) 4500 sömdan, Omeprazol 20 mg dori vositasini (6210 sömdan sotiş belgilangan) 11 000 sömdan sotganligi va "MR Dimedrol” (2070 sömdan sotiş belgilangan) dori vositasini 5000 sömdan, "Dimedrolin” dorisini (2070 sömdan sotiş belgilangan) 4000 sömdan sotganligi aniqlandi.
Şuningdek, amalga oşirilgan tezkor tadbirlar natijasida joriy yilning yanvar oyida 2 ta holatda, fevral oyida 2 ta holatda heç qanday hujjatsiz dori vositalari soxta tadbirkorlar tomonidan sotilayotgani aniqlanib, jami 142 turdagi salkam 2 mln. sömlik dori vositalari aşyoviy dalil tariqasida olindi.
Aniqlangan holatlar böyiça qoidabuzarlar özlarining qilmişlariga yaraşa jazo oladilar.
F.ORAZBAYeV,
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK Departamentining Qoraqalpoğiston Respublikasi tuman bölimi boşliği, adliya maslahatçisi.
(Foto - darakchi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶