29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 15:46
Siyosat 👁 5,307

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining yigirma toʻqqizinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining yigirma toʻqqizinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

2017-yil 1-mart kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 29-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Joldasbay Abdujamilov, tuman hokimi S.Yoʻldoshev, tumandan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari va boʻlimlar rahbarlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kotibi etib 18-Xitoy saylov okrugidan tuman Kengashi deputati G.Babajanov saylandi.

Sessiya kun tartibiga "Boʻshagan oʻrinlarga xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga 2017-yil 26-fevralda boʻlib oʻtgan saylov natijalari toʻgʻrisida”gi, "Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining doimiy komissiyalari tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining ayrim farmoyishlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda "Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni, dori vositalari taʼminotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga koʻmaklashish, shuningdek bu sohada deputatlar va jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi masalalar kiritildi.

Kun tartibidagi birinchi masala boʻyicha tuman saylov komissiyasi raisi A.Kamolovga axborot berdi. Taʼkidlanganidek, 2017-yil 26-fevral kuni xalq deputatlari tuman Kengashiga oʻrni boʻshab qolgan 12-Arnaboʻyi, 19-Toryop, 26-Choykoʻl saylov okruglarida deputatlar saylovi boʻlib oʻtdi. Saylovlar umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri, yashirin ovoz berish yoʻli bilan, qonun talablari asosida oʻtkazildi.

Sessiyada saylov natijalariga koʻra xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlar – S.Yoʻldashev, I.Palvanov va X.Rajabovalarning deputatlik vakolatlari eʼtirof etildi, shuningdek, mazkur saylov yakunlari boʻyicha sessiyada tuman Kengashining 3 ta doimiy komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qarorlar qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-sonli qarori ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017-yil 31-yanvardagi 36-sonli qarori qabul qilinib tuman hokimligi apparati strukturasiga oʻzgarishlar kiritilib, tasdiqlangan edi.

Shu munosabat bilan sessiyada tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari va tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarini tayinlash yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining farmoyishlari deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati J.Abdijamilov soʻzga chiqib, mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni, dori vositalari taʼminotini yanada yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga keng turda toʻxtalib oʻtdi.

Sessiyada mazkur sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga koʻmaklashish, shuningdek bu sohada deputatlar va jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish maqsadida tuman Kengashi huzurida komissiya tashkil qilindi hamda tuman Kengashi deputatlari tegishli hududlarga biriktirildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi va shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.


Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026