KÖKALAMZORLAŞTIRIŞ – EKOLOGIK MUAMMOLARNING OLDINI OLADI
Uluğ bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniyning "Agar havo toza bölgani-da, inson ming yil yaşar edi”, – degan sözlaridan insoniyat hayoti uçun musaffo havoning neçoğlik zarur ekanligi ayon bölib turibdi.
Bu muammo ustida bugungi kunda ham butun dunyo olimlari ilmiy izlanişlar olib borişmoqda. Çunki insoniyat oldida bugungidek iqlim özgarişlari qanday oqibatlarga olib keladi? Yer yuzida tiriklik bardavom böladimi? Tabiiy boyliklarni kelgusi avlodlarga yetkazib berişga qodirmizmi? Havomiz toza bölişi uçun nimalar qilişimiz kerak? – degan köplab savollar könda-lang bölib turibdi.
Atmosfera tarkibidagi kislorod insoniyat, hayvonot va nabotot olamining nafas olişini taʼminlaşini barçamiz bilamiz. Inson sutkasiga 350 litr kislorod isteʼmol qiladi. Sovuq kunlarda kislorod köp sarflanadi. Yotgan holda odam bir soatda 15 litr, tik turgan holatda2 litr, sekin yurganda 50 litr, soatiga 5 km. tezlikda yursa, 150 litrkislorod yutadi.
Şu raqamlarning öziyoq bizning hayotimiz uçun kislorodning qançalik ahamiyatli ekanini körsatib turibdi.
Biz nafas oladigan havoda kislorodning yetarli miqdorda bölişi, ifloslanişdan asraşning eng maqbul yöli – har xil çang, axlatlar yoqib, tutuni bilan atrof-muhitga zarar bermay, yaşil boğ-roğlar, gulzorlar barpo etib, yöl böylariga, ekin maydonlari çetlariga manzarali, mevali daraxtlar ötkazişdir. Bir gektar yerdagi yaşil öt-ölanlar bir soatda 200 nafar odam nafas çiqarganda hosil böladigan karbonat angidridni özlaştirar ekan. Keyingi yillarda örmonlar, tabiiy hududlardagi daraxtlar kesib olinib, hayotiy ehtiyoj uçun işlatilayotganligi tufayli havoda kislorod kamayib, karbonat angidrid miqdori ortib borayotgani barçaga ayon.
Şu boisdan ham atrof-muhitni tozalaş, obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlarini namunali taşkil etiş, ekilgan gul, daraxt nihollarining qarovsiz qolib ketişining oldini olişimiz kerak.
Kelajak avlodlarning şu zaminda emin-erkin, baxtiyor yaşaşini istagan har bir kişi köklamning har bir kunidan unumli foydalanib, bu xayrli işga hissa qöşmoği darkor.
Agar tumanimiz hududini aylanib körsangiz, ayrim yöllar böylaridagi did bilan ekilgan, atrofga fayz berib turgan mevali, manzarali daraxtlarni, gullarni körib, beixtiyor dilingiz yayraydi. "Qaniydi, hamma hududlar ham şunday bölsa”, – degan öy keçadi könglingizdan.
Bizningça, yöl böylaridagi taşlandiq (yöl hududiga qaraşli) yerlar köngilli kişilarga tasarruf etuvçilar tomonidan hujjatlaştirilib, kökalamzorlaştirib foydalaniş uçun berilsa, yaxşi natijaga erişiş mumkin bölardi va kelgusida kislorod tanqisligining oldi olinişiga muhim hissa bölib qöşilardi.
Odilbek JUMABOYeV,
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi kutubxonaçisi.
(Foto - uzssgzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶