12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:42
Jamiyat 👁 4,987

AMU ELINING OBOD MANZILLARI

AMU ELINING OBOD MANZILLARI

Jumurtov şaharçasi

Toğ bağridagi xususiy korxonada

Jumurtov – tumanimizning metin qalqoni. Bir neça yirik sanoat işlab çiqariş korxonalarini muntazam ravişda xom aşyo mahsulotlari bilan taʼminlab kelayotgan toğ bağrida qiş-u yoz iş qizğin böladi.

- Hududdagi korxonalarning barçasi Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi quriliş taşkilotlari hamda aholi buyurtmalari asosida har xil fraktsiyalardagi mahsulotlarni işlab çiqaradi, - deydi Jumurtov şaharça fuqarolar yiğini iş yurituvçisi Qadamboy Boltaboyev. – Toğda iş töxtab qolişi mumkin emas. Bu yerdagi korxonalarda iş töxtadi, degani Xorazm va Qoraqalpoğiston hududidagi quriliş işlari barbod böldi, degani. Şuning uçun ham Jumurtov tumanimizning metin qalqonida.

Qadamboy Boltaboyev bizni "Jumaboy Avazmatov” xususiy korxonasi tomon boşladi. Tuşlik payti bölgani uçun, işçilar tuşlik qilişayotgan ekan.

 

Elni öylagan tadbirkor

- Korxonamiz direktori Azimjon Avazmatovdan barçamiz minnatdormiz, - deydi korxona kadrlar bölimi boşliği Nağima Qurbonboyeva. – Qarang, işçilarimizning köngilli dam olişlari uçun barça şaroitlar muhayyo. Işçilarga ikki mahal bepul issiq ovqat beriladi. Qayerdaki inson omiliga eʼtibor yaxşi bölsa, öşa jamoada mehnat samarasi va mahsulot sifati yuqori böladi.

Korxona direktori Azimjon Avazmatov esa buyurtmaçilarning talablarini örganib çiqib, mahsulot işlab çiqarişga alohida ahamiyat beradi. Şu bois, korxona mahsulotlariga talab yuqori, işlab çiqarilgan şağal-toş mahsulotlari zahira maydonida aslo turib qolmaydi. 0X5, 5X20, 20X10 fraktsiyadagi şağal-toş mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan xususiy korxonada oylik, çoraklik va yillik rejalar doimiy ravişda oşirib bajariladi. Mahsulot sifati esa yuqorida aytganimizday, buyurtmaçilar talablari darajasidan ham ança sifatli. Toğ hududidan şağal-toş mahsulotlarini olib çiqayotgan yuk ortilgan avtomaşinalar haydovçilarining köpçiligi:. "Biz mahsulotni "Avazmatov Jumaboy” korxonasidan olamiz”, deyişlari ham şundan.

- Korxonamiz 2012-yilning may oyidan öz faoliyatini boşlagan, - deydi xususiy korxona iş yurituvçisi Raşidjon Boltaboyev. – Xususiy sanoat korxonasini avvalo taşkil etiş qiyin, işini yölga qöyiş undan ham qiyin.

Xalqimizda hayot sinovlaridan ötgan bir hikmat bor: "Çumçuqdan qörqqan tariq ekmaydi”, - deydilar. Bu hikmatning "Avazmatov Jumaboy” xususiy korxonasiga qiyosan hissasi şuki, korxona rahbari Azimjon Avazmatovning uddaburonligi, özi qöl urgan sohani yaxşi bilişi bois, korxona işini yölga qöyişdagi qiyinçiliklar öz vaqtida yeçimini topdi. 2012-yilning may oyida taşkil etilgan xususiy korxona ikki-uç hafta ötmayoq, iyun oyining boşidan öz mahsulotlarini işlab çiqarişni boşladi. Şaharça hududida yaşovçi 9 nafar yoşlar doimiy iş öringa ega bölişdi. Korxonaga SMD-741 rusumli Rossiya texnologiyasi asosida toş maydalaş va saralaş liniyasi örnatilişi iş unumining yanada yuqori bölişini taʼminladi. Toğdan yirik toşlarni kovlab olişdagi muammo ham bartaraf  etilib, El-S-292 rusumli "Samsung” ekskavatori sotib olindi. Yuqori iş unumiga ega bu ekskavator qazib çiqargan toş mahsulotlarini korxonaning SMD-741 rusumli toş maydalaş-saralaş liniyasiga Kr Az-236 rusumli avtomaşina peşma-peş taşib keltirişi işçilar uçun ança qulaylik va yengillik yaratiş imonini berdi.

Bir keça-kunduzda 100-150 kubometr şağal-toş maydalab-saralaş quvvatiga ega bölgan korxonada 2013-yilning ötgan olti oyi davomida 200 million sömlik noruda mahsulotlari işlab çiqarildi. Yaʼni, 6 ming kubometr hajmdagi şağal-toş mahsulotlari tayyorlanib, buyurtmaçilarga yetkazib berildi. Qudratli ekskavator haydovçilari Oybek Matyoqubov, Sahatboy Xudoyberganov, toş maydalaş argegatini boşqaruvçi Mahmud Kamolov, işçilar Nurbek Matsafoyev, Raşid Matyoqubovlar bugungi kunda korxonaning faxriga aylanişgan.

Öz ovul-elida, mahallasida yaşab, mehnat qilib, mehnatidan eʼtibor, qadr topib yaşayotgan korxona işçilarining moddiy manfaatdorligi haqida gap ketganida ular.

- "Avazmatov Jumaboy” korxonasi tufayli oila ehtiyojini qondiradigan darajada mablağ topayotirmiz, - deyişadi mamnuniyat bilan.

Bilsak, işçilarning örtaça oylik maoşi 300-350 ming söm atrofida ekan. Bundan taşqari, korxona işçilarining töy-marosimlarida, imorat qurilişlarida korxona maʼmuriyati hamişa yordamga şay. Mehnatga munosib rağbatning ifodasini esa yuqorida kördik: "Avazmatov Jumaboy” xususiy korxonasida ösiş, rivojlaniş hokim, işçilar qalbida esa öz mehnatlari samarasidan quvonç, kelajakka işonç bor. Şuni aytadilarda: "Elini öylagan tadbirkor topganini öz elida baham körar”, - deb.

Obod köngildan suv içgan oila

Uzum toklari tabiiy manzarali ayvon şaklida kötarilgan bahavo hovliga kirarkanmiz, "toğning tabiati bari bir boşqaçada”, - degan öy keçdi hayolimdan. Tabiiy ayvon çekkasidagi supada öynab ötirgan bolakaylar birin-ketin örinlaridan turib salom berişdi. Içkaridan çiqib kelgan yoşgina kelinçak xuş taʼzim bilan salomlaşdi. Darhol supaga körpaçalar solinib, tuz-namak tortildi.

- Tozagul opamiz mahallasining ilğor fikrli, serfarzand, eng ibratli oila  sohibasi, - hozir körasizlar, deganday xonadon sohibasini çorladi hamrohimiz, Jumurtov şaharça fuqarolar yiğini iş yurituvçisi Qadamboy Boltaboyev.

"Maqtanganning uyini kör, söngra har bir tadbirini”, - deydilar. Biz jumurtovlik Tozagul opa Allaberganovaning uyini ham, har bitta tadbirini ham, eng avvalo ona, qaynona, beka va mahalla faoli sifatida el aro orttirgan obrö-eʼtiborini, har ne muammoni ijobiy hal eta bilişda işlatadigan tadbirlarini ham kördik. Opaning gözal xulq-atvoridan, biri-biridan tarbiyali, xuşaxloq farzandlari, kelin- kuyovlarining özaro ahil-inoqligidan ham ogoh böldik.



Asli Xorazm viloyatining Gurlan tumanidan bölgan rahmatli Şukurulla Reyimboyev bilan Tozagul Allaberganovalar oilasi Jumurtovga Şukurulla otaning xizmat vazifasi taqozosiga köra köçib kelişgan. Notaniş ovul-el, begona odamlarga qöşilib, qorişib ketiş oson emas. Lekin yangi kelin-kuyov özlarining yaxşi xulq-atvorlari, oçiq köngil, keng feʼlligi bilan ming yillik jumurtovliklarday ovulga singib ketişdi.

- Şukurulla otangiz bilan 4 öğil, 4 qizni voyaga yetkazib, elga qöşdik, - deydi onaxon şukronalik bilan. – Hammasini uyli-joyli qildim. 8 farzandimni meniki, desam, gumrohlik bölar, avvalo Allohimniki, qolaversa, ovul-elniki. Yaxşi-yomon kunimda meni şular suyab, şular qöllaydi-da, qizim.

Ön ikki yil avval umr yöldoşini tuproqqa qöygan Tozagul opa özi aytganiday, yaqinlariga, eldoşlariga suyandi. Birovni oğam, birovni opa-singlim, inim, dedi. Ne topsa, halol mehnatidan topdi. Özidan, oilasidan ortganini qöni-qöşniga ilindi. Farzandlari içida qay biri öqiyman, desa öqitdi, hunar örganaman, deganlariga oq fotiha berib, hunarli bölişga undadi. 8 nafar farzand havas qilsa arzigulik insonlar bölib voyaga yetişdi. Onasining yonida yurib, tomorqada sarhil mahsulotlar yetiştirişni örganişdi.

- Ekinlar orasida begona öt körsam, heç kayfiyatim bölmaydi-da, - deydi onaxon. – Bolalarim ham şunga örganişgan.

Rostdan ham oila tomorqasi obod, tökin-soçin. Bironta begona öt körmaysiz unda. Hafsala bilan kötarilgan uzum toklari, hatto köça böylarigaça ekilgan rayhon-u jambil, anvoyi gullar iforidan dilingiz yayraydi.

- Biz köp narsani Tozagul opadan örganamiz, - deydi onaxonning yon qöşnisi, 43-maktab öqituvçisi Gulnora Yangiboyeva. – 8 nafar öğil-qiz, önlab nevaralar yaşaydigan xonadonda biron kişining bir-biriga qattiq gapirganini eşitmaysiz. Hammamizga ibratli, ahil oila bular.

"Kimligingni özingdan oldin qöşning aytsin”, - deganlari naqadar rost. Oçiqqina, yuzi-közi kulib turguvçi, öta samimiy Tozagul opa yetmiş yoşni qoralab qolsalarda hamon farzandlariga yelkadoş. Barça işlarda ularga kömakdoş. Tomorqasida yetilgan har bir neʼmatni eng avvalo: "qöşnining haqi böladi”, - deb qöni-qöşnisiga ilinadigan, kelinlari şirin taom pişirsa, xayolida qöşnilari çarx uradigan opaning yugurib-yelib:

- Mana bundan ham totinglar, - deya patnislarni töldirib olma-yu  uzum terib, jajji bolakaylarga ulaşişlari-çi! Kelinlarining barçasiga bir xilda kulib-kulib muomala qilişlarini, köngli tozaligi va obodligini körib, "bu onaxonning munça tili şirin bölmasa!” – deya havaslanişingiz tabiiy.

Ha, azizlar, bunday totuvlik bor joyda mehr-oqibat böladi. Xonadonda fayz-baraka, obodlik böladi. Biz umr böyi dalada işlab, 8 nafar farzandni tarbiyalab elga qöşgan oddiy dehqon ayol Tozagul Allaberganovaning xonadonida ana şunday gözal turmuş tarzini, obod köngildan suv içgan baxti bekam oila qörğonini kördik.


"Namuna” mahallasi

Mehnatni boylik deb bilgan ayol

Xitoy ovulining "Namuna” mahallasida yaşovçi Raʼno opa Hayitboyeva haqida  gap ketganida hamqişloqlari:

- Ö-ö, Raʼno opami? Öt-olov, qanday işga qöl ursa, uddasidan çiqadi, - deyişadi havas bilan.

Ovulning töqson foiz aholisiga saboq berib ustozlik qilgan rahmatli ustoz-muallim Hayitboy Otamurodovning qizi Raʼnoxon opa, Hayitboyeva ota-onasining obrösi ortidan emas, avvalo yaxşi tarbiya körganidan, qolaversa, özining öta tirişqoqligi, mehnatsevarligi, uddaburonligi bilan hayotda öz örnini topdi. Elda obrö-eʼtibor qozondi. Oliygohni tugatib, ota kasbini egallagan  Raʼno Hayitboyeva to nafaqaga çiqqunga qadar qişloqdagi 2-va 52-sonli maktablarda boşlanğiç sinflar öqituvçisi bölib işladi, yuzlab bolalarga oq-qorani tanitdi.

Nafaqaga çiqqaç esa Raʼnoxon opa heç öylab ötirmay, farzandlarini yoniga olib, tomorqa xöjaligini tartibga keltirdi. Umr yöldoşi Hayitboy oğaning:

- Damingni ol, sihatgohlarga bor, şu yerni qöyib tur, - deyişiga qaramay 5 nafar farzandi bilan tomorqa yeriga keç kuzdan erta bahorgaça yaxşilab işlov berişdi. Raʼnoxonning işiga berilib ketganidanmi yo özi ham qiziqdimi, Hayitboy oğa ham ularga kömakdoş böldi. Erta bahordan tomorqaga avval kartoşka, sabzi, piyoz ekişdi. Yerning bir qismiga pomidor va bulğor qalampir köçatlarini ötqazişdi, handalak, bodring, gurvak qovun, tarvuz uruğlarini keltirib ekişgani baridan ham aʼlo böldi. Hosil yetilgan paytda Hayitboy oğa Raʼnoxon opaga:

- Nafaqaga avvalroq çiqsang bölarkan, onasi, yerimiz raʼnogulday yaşnab ketdi-ya! – dedi hazillaşib.

- Yer-yer emas, xazina, - deydi Raʼnoxon opa. – U bilan tillaşgan sari qulf-kaliti oçilaveradi.

Şundanmi, bu xonadonda hamma narsa bisyor. Moddiy yetişmovçilik degani oilaning har bir aʼzosi uçun begona. Qişloq guzarida öğil-qizlarini işli qiliş uçun oziq-ovqat dökonini oçib qöyib, ovuldoşlarining oğirini yengil qilgan Raʼnoxon opaning tomorqasidan terilgan ertagi sabzavot va poliz, boğdorçilik mahsulotlarining sifati ham yuqori. Sababi, özi yetiştirgan mahsulotini zararkunandalardan qaçon, qanday himoya qilişni opaning özi yaxşi biladi. Yetiştirgan mahsulot sifati yaxşi bölgaç, xaridorgir, daromad ham şunga yaraşa.

- Farzandlarimning 4 nafari oliy maʼlumotli bölişdi, 3 nafar qizim öqituvçi, bir öğlim huquqşunos. Şu tomorqaning daromadidan bitta öğlimga saroyday imorat tikladik. 2008-yilda "Neksiya” rusumli avtomaşina sotib oldik. Xudoga şukur, farzandlarimning barçasi mehnatkaş.

Raʼno opaning sözlarida öz hayotidan, turmuş tarzidan qoniqiş hissi zohir edi. Şinam va sarişta xonadonning uluğ bekasi, ham qaynona , ham farzandlariga yelkadoş mehribon ona Raʼnoxon opaning bu oiladagi tökislik, farovonlik va obodonligida  örni beqiyosligini kördik. Çaman-çaman gulzordan boşlanadigan tomorqada pişib, yetilay deb turgan anjir mevasining xuşböy ifori, "meni terib oling”, deganday paykallarni töldirib yotgan qip-qizil marvaridday pomidoru şirasidan "tars” yorilay deb turgan handalaklar... barça-barçasi bu xonadonning obod turmuşidan dalolat edi nazdimizda.



Oilaning kenja farzandi Ilyosjon bozorni yaxşi örgangan. Qaysi bozorga qaçon qanday mahsulot olib çiqişni biladi u. Tomorqa maxsulotlarini avval qişloq guzaridagi dökonlariga, söng goh Xitoy, goh Gurlan. Manğit va Nukus şahridagi bozorlarga olib çiqib, sotiş Ilyosjonning zimmasida. Sut-qatiq, tuxum, sariyoğ, qaymoq va suzmaning oila ehtiyojlaridan ortgani dökon va bozor peştaxtasida.

- Men bekorçi bölib qolişdan qörqaman, - deydi Raʼnoxon opa. – Mehnat ham insonning, agar bilsa, maʼnaviy boyligi. Bilmasa, oilasi uçun ham moddiy, ham maʼnaviy yemiriliş, inqiroz.

Raʼnoxon opa ana şunaqa, mehnatsiz ötgan kunini umr daftariga bitişdan or qiladigan, mehnatni özi va oila aʼzolari uçun maʼnaviy qadriyat, boylik darajasida eʼzozlaydigan ayol. Çunki ana şu mehnat uning qadrini el içra yuksaltirdi, oilasiga boylik, totuvlik, obodlik olib keldi. Şu sabab bu xonadonda, "seniki-meniki”  degan tarbiyasiz tuşunça yöq. Ahillik, mehr-oqibat, oilaga, el-ovulga, Vatanga va demakki, mehnatga fidoyilik mujassam. Ana şudir Ayollik, Onalik, Bekalik baxti!

Faqat şulardir oila obodligi!

  Robiya YÖLDOŞEVA.
🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026