Salomatlik
👁 2,877
Özbekistonda ilk marta hujayrani köçirib ötkaziş operatsiyasi ötkaziladi
Şu yil oxiriga borib Özbekistonda (stvolovie kletki) hujayralar transplantatsiyasi böyiça birinçi jarrohlik operatsiyasi ötkaziladi. Bu haqda Podrobno internet-naşri muxbiriga Gematologiya va qon qöyiş ilmiy tadqiqot instituti (ITI) xodimi maʼlum qilgan.
Uning sözlariga köra, mazkur jarrohlik amaliyoti institutda şu yilning noyabr oyida turkiyalik şifokorlar bilan hamkorlikda ötkaziladi. Turk jarrohlari hamrohligida şu kabi bir neçta operatsiyalarni ötkaziş rejalaştirilgan. Özbekiston va turkiyalik tibbiyotçilarning özaro hamkorligi Anqarada joylaşgan suyak hujayralarini ötkaziş böyiça onkologiya markazi bilan tuzilgan şartnoma asosida olib borilmoqda.
Taʼkidlaş joiz, hozirga kelib Toşkentdagi Gematologiya va qon quyiş ITIda transplantatsiya bölimi iş olib bormoqda. Bu yerga tibbiy asbob-uskunalarning bir qismi olib kelib örnatilgan. 12 nafar özbekistonlik şifokoor esa xorijda amaliyot ötab qaytdi va şu turdgi jarrohlik amaliyotini ötkaziş uçun sertifikatga ega böldi. Institut mutaxassisining aytişiça, Özbekistonda hujayra transplantatsiyasining narxi $70 - 200 ming atrofida ekan.
Eslatib ötamiz, aslida birinçi ana şunday murakkab operatsiya şu yilning fevral oyida ötkazilişi kerak edi. Biroq asboblarni keltiriş bilan boqliq muammolar va turkiyalik şifokorlarning böş vaqt topa olmagani sababli uni qoldirişga töğri keldi.
(Manba - http://www.darakchi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶