SIL – MAKKOR KASALLIK
Sil yuqumli kasallik bölib, uni közga körinmaydigan mayda bakteriyalar – sil tayoqçalari yuzaga keltiradi. Köp hollarda sil tayoqçalari öpkani zararlaydi. Baʼzi hollarda miya va miya qobiği, suyaklar, böğinlar, buyraklar, jinsiy aʼzolar, köz va içak sili uçraşi mumkin. Sil tayoqçalari organizmga nafas yöli orqali ötadi, öpka töqimalarida rivojlanadi va köpayadi.Sil bakteriyalari bemor yötalganda, aksirganda, qattiq gaplaşganda, tupurganda balğam zarralari bilan tarqaladi. Bu közga körinmas balğam zarralarida minglab sil tayoqçalari böladi, ular havoda, ayniqsa, xona havosida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Kasallikning rivojlanişi organizmning kasallikka qarşi kuraşuvçanligiga boğliq. Soğlom turmuş tarziga rioya qilmaslik, vaqtida dam olmaslik, giyohvandlik, kaşandalik, spirtli içimliklarga ruju qöyiş, kasallika qarşi kuraşuvçanlik xususiyatlarini susaytiradi hamda sil kasalligining rivojlanişiga zamin yaratadi.
Sil – makkor kasallik. Makkorligi şundaki, u köp hollarda gripp yoki nafas yöllarining şamollaşi niqobi ostida keçadi. Nafas yöllarining şamollaşida işlatiladigan dorilar esa sil tayoqçalarini öldira olmaydi. Oqibatda odam kasallikni ötkazib yuboradi. Agar bemor vaqtida davolanmasa, yötal kuçayib, balğam ajralib çiqadi, baʼzan qon tupuradi. Bunda yötal 2 hafta ortiq davom etadi, isitma kötariladi, darmoni qurib, tez çarçaydi, ozib ketadi, iştaha bölmaydi, kökrak qafasida oğriq paydo böladi.
Şuni unutmangki, şifokorga qançalik erta murojaat qilinsa, davolaniş şunçalik samarali böladi. Çunki sil kasalligi bedavo emas, öz vaqtida töğri davolansa, bu kasallikdan butunlay soğayiş mumkin.
Sil irsiy kasallik emas, u nasldan-naslga ötmaydi. Faqat yaqin muloqotda bölganligi sababli, bemorning oila aʼzolariga kasallikning yuqiş ehtimoli yuqori böladi.
Sil kasalligini aniqlaş va davolaş xizmatlari bepul.
Hozirgi vaqtda silga qarşi emlaş (BTsJ) tuğruqxonada, çaqaloq hayotining birinçi kunlarida ötkaziladi. Emlaşning taʼsiri 5-7-yildan keyin kamayadi. Şu munosabat bilan qayta emlaniş ötkaziladi.
Salomatlik deb atalmiş buyuk neʼmatning qadriga uni yöqotmasdan turib yeting!
(Foto - pressnews.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶