BOBOMNING NURAFŞON ÇIROFI
Biz uruşni körmaganmiz. Ming-ming şukurki, bolaligimiz, yoşligimiz tinç-osoyişta ötmoqda. Lekin bolalik xotiralarim tasavvurimda jonlanganda rahmatlik bobomning olovli yillar haqidagi hikoyalari yodimga tuşadi. Ikkinçi jahon uruşi jangohlarida oyoğidan, yelkasidan yaralangani sababli to umrining oxirigaça aziyat çekib yaşaganlariga guvohman.
"Çoyköl” ovulining "Şayx qalʼa” mahallasida yaşab, şu ovul va mahallaning gullab-yaşnaşi, farovonligi uçun juda köp fidoyiliklar qilgan bobom Çorşam Seytakov öta halol va mehnatkaş inson edilar. Beozor, kamsuqum, kamgap bobomni el-yurt "Çorşam kolxoz” deb eʼzozlardi. Ikkinçi jahon uruşining boşidan to buyuk ğalaba kunigaça faşizmga qarşi mardonavor jang qilgan bobom baʼzilarga öxşab: "Men uruş iştirokçisiman”, – deb hukumat idoralari eşigini oçib bormas, hatto Ikkinçi jahon uruşi faxriylari uçun yaratilgan imkoniyatlardan ham foydalanmas edilar.
– Qöy, bolam, – derdilar doim şukronalik bilan, –uruş maydoni – dözax oloviday joy edi. Men ana şu jahannam oğzidan qaytib kelib, unib-ösib, şu kunga yetdim. Uruşdan keyingi umrimning har lahzasi bir yilday qadrli. Şundan uluğ mukofot bormi?!
Ovulimizdagi maktablarning öquvçilari bayram kunlari, ayniqsa, 9-may – Xotira va qadrlaş kunida bobomning uruş xotiralari haqidagi suhbatlarini tinglagani kelişardi. Şunda bobom:
– Uruşning nomi öçsin, bolalarim, – derdilar közlari namlanib. – Mana bu tinçlik zamonidan sözlaylik. Uruşni biz kördik, sizlar aslo körmanglar. Oltinga teng dorilomon kunlarning qadriga yetinglar!
Bobom Çorşam Seytakov Ikkinçi jahon uruşidagi jasorati uçun bir neça jangovar medallar, "II Darajali Vatan uruşi” ordeni bilan taqdirlangan edilar. U kişi to umrining oxirigaça "Çoyköl” ovulida agrar sohani rivojlantiriş, mahalla obodligi yölida fidoyi xizmatlar qilib, kamtarona hayot keçirdilar.
Har gal 9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan ovuldagi bobom yaşagan katta xonadonga uning öğil-qizlari, nevara-çevaralari yiğilişib, bobomning xotirasiga hurmat-ehtirom körsatişadi, qabri poyiga gullar qöyib, haqlariga qurʼon tilovat qilişadi. Bobom yaşagan qutluğ makon – Çorşamovlar oilasi sifatida ovul ahlining hurmat-ehtiromiga munosib, bu xonadondan aslo yaxşilar qadami uzilmaydi. Tinçlik uçun kuraşgan bobomning nurafşon çiroği el-yurtga sönmas nur taratib turganidan hamişa faxrlanamiz.
Gulbahor ÇORŞAMOVA, "Çoyköl” ovuli.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶