28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:33
Jamiyat 👁 2,036

Obod turmush yili yangiliklari

Obod turmush yili yangiliklari

Eʼtibor va olqish olib

Shu yilning 14-15-iyul kunlari Toshkent shahrining eng fayzli maskanlaridan biri – Milliy bogʻda boʻlib oʻtgan oʻzbek milliy dorbozlar guruhi, anʼanaviy tsirk sanʼati va havaskor qoʻgʻirchoq teatrlarining anʼanaviy respublika koʻrik-festivalida Qoraqalpogʻiston Respublikasi nomidan tumanimizdan chiqqan mashhur darboz Toʻraboy Yeshchanov rahbarligidagi "Jayhun” sim-dor guruhi ishtirok etib, minglab tomoshabinlar va koʻrik-festival tashkilotchilarining eʼtibor va olqishlariga sazovor boʻlishdi. Toʻraboy dorboz rahbarligidagi guruh aʼzolari – dorbozlar Karimboy Bobojonov, Javlonbek Toʻrayev va akrobatika sanʼati ustasi Rashidjon Sultonovlar tomonidan mohirlik bilan ijro etilgan dorbozlik va akrobatika oʻyinlari yuqori baholanib "Jayhun” sim-dor guruhi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar Respublika ilmiy uslubiyat markazining Faxriy Diplom bilan taqdirlanishdi.

 

Maʼrifat va ziyo ulashib

"Oʻz Davkitob savdo taʼminoti” MChJning 12-filiali Mangʻit shahrida joylashgan. Mazkur filial bugungi kunda tumanimiz kitobsevarlarining ilm-maʼrifat va maʼnaviyat maskaniga aylangan. Chunki filial kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi yagona savdo shoxobchasi boʻlib, bu yerdan barcha sohalarga oid adabiyotlarni topish mumkin.

- Koʻproq badiiy adabiyotlar, Prezident asarlariga talab katta, - deydi filial boʻlimi boshligʻi Ozod Davletov. – Oʻzbekiston Milliy Entsiklopediyasi, sohalarga oid entsiklopediyalariga buyurtma beruvchilar ham koʻpchilikni tashkil etadi.

Filial kitob doʻkonida oylik va yillik rejalar ortigʻi bilan uddalanayotgani bois, iqtisodiy oʻsish surʼatlari ham yuqori. Oyiga 8-9 million soʻmlik savdo aylanmasiga ega filial hisobidagi mablagʻ ayni kunda 22 million soʻmni tashkil etadi.

Oila va el obodligi yoʻlida

"Choykoʻl” ovulining S.Ayniy nomli aholi punktida kasanachi Nasiba Kamolovani barcha ishbilarmon va chevar ayol sifatida yaxshi bilishadi. Oʻz uyida chevarlik ustaxonasini tashkil etib ovul yoshlariga bichish-tikish sirlarini oʻrgatayotgan Nasiba Kamolovaning ayni paytda oʻnlab shogirdlari oʻz chevarlik faoliyatini boshlab yuborishgan. Kasanachilik faoliyatidan daromad topib, oilasi va el obodligi uchun hissa qoʻshayotgan chevarlar mehnatidan ovuldoshlari ham mamnun.

Rejalari qatʼiy

Mangʻit shahridagi 36-umumtaʼlim maktabini bu yil 87-nafar oʻgʻil-qizlar bitkazib chiqishdi. Ularning har birining kelajak uchun tanlagan qatʼiy rejalari bor. Kasb-hunar kollejlarida, akademik litseyda taʼlimni davom ettirish, ixtisoslik egallash va keyinchalik oliy oʻquv yurtlarida ilm olib, malakali kadrlar boʻlib yetishish.

Maktab maʼmuriyati bitiruvchilarning ota-onalari bilan  bamaslahat ularning taʼlimning ularning taʼlimning keyingi bosqichiga toʻla jalb etish chora-tadbirlarini koʻrmoqda.

Aholi bandligi taʼminlanmoqda

Mangʻit shahrining Oybek nomli mahallasida 578 ta xonadonda 3500 nafardan ortiq turli millat vakillari ahil va inoq yashashmoqda.

Hududda 1 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta boalar bogʻchasi, 1 ta xususiy toʻyxona, 5 ta doʻkon, 6 ta maishiy xizmat koʻrsatish shohobchalari faoliyat olib bormoqda.

Mahalla ishga yaroqli  aholisining bandligini taʼminlash maqsadida tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda hududdagi 1-gʻisht zavodiga 48 nafar yoshlar mavsumiy ishlarga, 4 nafar yoshlar kasanachilik, 22 nafari oilaviy tadbirkorlik, 14 nafari hunarmandlik, 2 nafari tunukasozlik faoliyatiga jalb qilindi. 8 nafar xotin-qizlarga uylarida parradachilik bilan shgʻullanishlari uchun imtiyozli kreditlar olishga koʻmaklashildi.

Mahalla yoshlari kollejda oʻqishadi

Oybek mahallasi hududidagi bu yil 68 nafar oʻgʻil-qizlar umumtaʼlim maktabining 9-sinflarini bitirib chiqishdi.

Ularni taʼlimning keyingi bosqichiga toʻla jalb etish maqsadida mahalla, maktab maʼmuriyati oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar oʻtkazdi, ularga 12 yillik taʼlimning majburiyligi, bunda ota-onalarning masʼuliyati, shuningdek, oʻqish davrida bolalarni uzluksiz nazorat qilib borishning lozimligi erta nikohning oldini olish kabi mavzularda suhbatlar oʻtkazishdi.

Hozirgi kunda  9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar kollejlariga toʻliq biriktirib boʻlindi.

Mahallada yigʻilish

Yaqinda "Olmazor” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va sogʻlom turmush tarzini barqarorlashtirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda tuman prokurorining katta yordamchisi R.Xolmurodov ishtirok etdi va kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi. Yigʻilishda mahalla hududida turli huquq-buzarliklarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish targʻibot ishlarini yanada yangi bosqichga koʻtarish, yoshlarning turli oqimlarga kirib ketishining oldini olish, oilalarda farzandlar tarbiyasiga masʼuliyat bilan qarash kabi vazifalar muhokama qilindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026