ĞALLA HOSILDORLIGINI OŞIRIŞ – FAROVONLIK OMILI
Özbekiston Respublikasi mustaqillikka erişguniga qadar mamlakatimiz qişloq xöjaligi paxta yetiştirişga yönaltirilgan edi. Şu davrda ekin maydonlarimizning qariyb 90 foizigaça paxta ekilgani heç kimga sir emas. Şu bois, deyarli heç qanday almaşlab ekiş bölgan emas. Yerning faqat bitta maqsadda beşafqat işlatilişi tuproqning kuçsizlanib qolişiga olib keldi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda paxta ekiladigan maydonlar ikki baravar qisqartirildi. Natijada mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari yetiştirişni köpaytirişga zamin yaratildi.
Ilgari xalqimiz ehtiyoji uçun zarur bölgan don sobiq ittifoqning boşqa Respublikalaridan olib kelingan bölsa, mustaqillik yillarida Özbekiston xalqining donga bölgan ehtiyojini qondiriş böyiça tub islohotlar amalga oşirildi. Jumladan, aholi uçun qöşimça tomorqa yerlari ajratib berildi va xöjaliklarda ğalla yetiştirişga eʼtibor kuçaytirildi.
1991-yilda yurtimizda 940 ming tonna ğalla yetiştirilib, hosildorlik 17 tsentnerni taşkil etgan bölsa, 2016-yilda bu körsatkiçlar yuqori darajaga kötarildi, yaʼni dalalarimizdan 8 mln. tonnadan ziyod buğdoy olinib, ğallaning umumiy hosildorligi 50-55 tsentnerga yetkazildi.
Mustaqillik yillarida qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilgan islohotlar natijasida Özbekiston nafaqat özini özi ğalla bilan taʼminlovçi, balki, uni eksport qiladigan davlatlar qatoriga kirdi.
Mamlakatimizda erişilgan bunday yutuqlarda tumanimiz mehnatkaşlarining ham munosib hissalari borligidan faxrlanamiz. Mana bir neça yildirki, tumanimizda faoliyat körsatayotgan 300 dan ziyod fermer xöjaliklarida 3000 gektar maydonda ğalla yetiştiriladi.
Bu yilgi mehnat zafariga tuproq va iqlim şaroitimizga mos ğalla navlarining yaratilgani, ularning hosildorligini oşiriş borasida olib borilgan ilmiy izlanişlar muhim asos böldi. Yaratilayotgan istiqbolli navlar, fermerlarning fidokorona mehnati, ğalla yetiştirişdan manfaatdorlikning ortişi, moddiy texnik bazaning mustahkamlanişi hamda bu işlarning davlatimiz tomonidan qöllab-quvvatlanayotgani sohani jadal rivojlantiriş imkonini bermoqda.
Bizning dehqonlarimiz qişloq xöjaligining barça sohalari qatori ğallaçilikda ham katta tajriba töplab, har yili möl hosil yetiştirib, belgilangan rejalarni nafaqat Qoraqalpoğiston, balki Özbekistonda birinçilardan bölib bajarib kelişmoqda.
Tumanimizda 2017-yil hosili uçun 379 ta fermer xöjaliklari bilan şartnoma tuzilib, 3000 gektar maydonga buğdoy ekilgan edi. Uruğçilik uçun 175 gektar maydonga, tovar-don uçun 2825 gektar maydonga ekilgan buğdoy uruğlari tekis undirib olindi va ularning kuzgi-qişki parvarişiga alohida eʼtibor berildi.
Vegetatsiya davrida buğdoy maysalari 6-7-marta qondirib suğorildi. Kuzgi buğdoy ekinlarini suğoriş işlarini töğri taşkil qiliş maqsadida 17 ta suğoriş otryadlari taşkil etilib, bu işga fermer xöjaliklaridan jami 600 nafar suvçi ajratildi.
Ğallani oziqlantiriş davrida har gektar yerga 5 tonnadan mahalliy öğit berildi. Şu bilan birgalikda 2200 gektar maydonda begona ötlarga qarşi gerbitsidlar işlatildi va zararkunandalar tarqalişining oldini oliş çoralari körildi.
Ğalla ekinlari parvarişi davrida tumanda taşkil etilgan 17 ta oziqlantiriş otryadlari faol harakat qildi. Natijada 15 ta taşiş texnikalari va 16 ta mineral öğit sepgiçlardan unumli foydalanildi.
Ğalla maysalarining rivojlanişini tezlaştiriş maqsadida bargdan oziqlantiriş işlariga ham alohida eʼtibor berildi. Bu işlarni amalga oşiriş uçun 17 ta otryad taşkil etilib, ularga 46 ta OVX agregatlari va har otryadga 1 dona işçi eritmasini taşuvçi transportlar biriktirildi. Ğallani bargdan oziqlantiriş paytida 3-marta suspenziya qiliş işlari sifatli amalga oşirildi.
Hamjihatlikda bajarilgan bu kabi agrotexnik tadbirlar öz samarasini berdi. Dalalarimizda közlangan darajadagi buğdoy hosili yetiştirildi.
Ğalla örim-yiğimiga ham puxta taraddud körilib, bu iş yuzasidan çora-tadbirlar dasturi işlab çiqildi. Mavsumni tez va tartibli ravişda ötkaziş maqsadida 6 ta örim-yiğim otryadlari taşkil etildi. Bu otryadlar mavjud 19 ta kombaynning töla quvvat bilan işlaşini va örim-yiğim işlarining belgilangan jadval asosida amalga oşirilişini taʼminladi.
Katta hayotiy va ilmiy tajribaga ega, yer bilan tillaşadigan, dehqonçilikning hadisini olgan mirişkor ğallakorlarimizning, kombaynçilar va mexanizatorlarning fidoyi mehnatlari, mutaxassislarning beminnat kömaklari tufayli davlatga ğalla topşiriş şartnomaviy rejasi hamda ğalla hosilini örib-yiğib oliş işlari qisqa fursatlarda yakunlandi.
Bir neça yillardan beri Özbekistonda davlatga ğalla topşiriş böyiça şart-nomaviy rejalarini birinçilardan bölib bajarib kelayotgan amudaryolik ğallakorlar bu yil ham ahdida qatʼiy turib, har yilgi anʼanaga sodiq qolgan holda kontraktatsiya şartnomasi şartlarini töliq bajardilar. Davlatga rejadagi 5530 tonna, qöşimça ravişda ming tonna, jami 6530 tonna "qirmizi don” hosili topşirildi. Fermerlarimiz yana 700 tonna ğalla topşirib, davlatga topşirilgan yalpi buğdoy xirmonini 7230 tonnaga yetkazdilar.
Eng muhimi, bu hali hammasi emas. Yetiştirilgan hosilning davlat şartnomasidan ortib qolgan qismi fermer xöjaliklari ixtiyorida qoldi. Ular bu hosilni nafaqat öz oilasi, işçi va xizmatçilar oilalarining ehtiyojlari uçun işlatadilar, balki, ovullaridagi kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarga ulaşib, el-yurtning duosini oladilar.
Bugungi yuksak ğalla xirmonimizga "Tölqin” ovulidagi "Ibragimov Jabborbergan” fermer xöjaligi 129,5 tonna, "Örta qalʼa” ovulidagi "Ismoilov Eldorbek” fermer xöjaligi 88 tonna, Bobur nomli ovuldagi "Abdulla” fermer xöjaligi 85 tonna, Qiliçboy ovulidagi "Farhodov Asadbek Umidoviç” hamda Qipçoq ovulidagi "Xidirov Nurilla” fermer xöjaliklarining har biri 60 tonnadan ğalla topşirib, munosib hissalarini qöşdilar.
Endilikda dalani somondan tozalaş, suğorib, takroriy ekin ekiş, yerdan unumli foydalaniş bugungi kunning boş masalasi hisoblanadi. Sababi, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabi kun sayin ösib borayotgan bugungi davr yerdan bir yilda 2-3-marta hosil olişni talab qilmoqda.
Şu sababli ğalladan böşagan maydonlarning nami yöqolmay, şudgor qiliş işlari ham öz vaqtida bajarildi. Ayni kunlarda esa dehqonlarimiz takroriy ekin ekiş işlarini uyuşqoqlik bilan davom ettirmoqdalar. Bu – tumanimiz qişloq xöjaligi mehnatkaşlarining mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştiriş va eksport hajmini oşirişdek bugungi kun çaqiriğiga nisbatan amaliy javobi böladi.
Fursatdan foydalanib, tumanimizning barça
ğallakorlarini, dehqon-u mirişkorlarini, fermer va pudratçilarini mehnat
zafari bilan tabriklayman!
Doimo halol mehnatingizning rohatini körib yaşang, aziz ğallakorlar!
Sultonboy YÖLDAŞEV,tuman hokimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶