YaXŞILIK VA YoMONLIK
Yoz keldi. Öriklar, olmalar ğarq pişdi. Yam-yaşil daraxtlarda quşlar çuğur-çuğuri boğimizga yanada özgaça körkamlik va fayz baxş etdi. Şunday yoz kunlarining birida bölgan voqea heç esimdan çiqmaydi. Yölda sinfdoş dugonalarim bilan kutubxonadan qaytayotgan edik. Bizlar yölda kim özarga yugurdik. Men oldinga çiqib oldim. Şunda bir sinfdoş dugonam:
– Sen nega mendan oldinga çiqding, – deb meni itarib yubordi. Men yerga yuztuban yiqildim. Burnim, lablarim qonab, bir ahvolda uyga keldim.
Onam meni körib qörqib ketdilar. Men yiğlab yubordim. Onam meni yupatdilar va yuz-qöllarimni yuvdilar.
Lekin men ham, onam ham dugonamga heç narsa demadik. Köp ötmay uni qovoq ari çaqib olib, kasalxonaga tuşib qoldi. Bundan xulosa qildimki, demak, har kim yomonlik qilsa, öziga qaytar ekan.
Men hammaga yaxşilik qilgim keladi. Mening şiorim: "Aqlli qiz bölib, maktabda "aʼlo” bahoga öqiş va yomonlikdan yiroq böliş”.
Tengdoşlarimni ham doimo yaxşilik va ezgulik şiori bilan yaşaşga çaqiraman.
Maftuna RAHIMBOYeVA, 13-sonli maktabning 5-sinf öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶