14.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
14.11.2026, 02:54
Siyosat 👁 5,343

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyulda bölib ötgan videoselektor yiğilişidagi maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oşiriş töğrisida

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyulda bölib ötgan videoselektor yiğilişidagi maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oşiriş töğrisida

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi

_____________________________________________________________

QARORI

  2017-yil 25-iyul                                                  № 124/34-05

 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyulda bölib ötgan videoselektor yiğilişidagi "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanişi, islohotlarning taşabbuskori va asosiy ijroçisi bölişi kerak” deb nomlangan maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oşiriş töğrisida

 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M. Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda jamiyat hayotining barça sohalarini yanada erkinlaştiriş va isloh qiliş jarayonlari izçil davom ettirilmoqda.

Barça darajadagi rahbarlarning xalq bilan muntazam ravişda muloqotlar ötkaziş tizimining joriy etilganligi joylardagi haqiqiy holatni örganişda va aholini öylantirayotgan köplab muammolarni hal etişda samarali mexanizm bölib xizmat qilmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar, şu jumladan qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, asosan, fuqorolarning murojaatlarida kötarilayotgan hayotiy dolzarb masalalarni xalqning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda hal etişga qaratilmoqda.

Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining faoliyati ustidan tizimli jamoatçilik nazorati hamda turli darajadagi rahbarlarning hisoboti va axborotini Oliy Majlis palatalarida, xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarida, mahallalarda muntazam ravişda eşitiş tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tadbirlar tegişli sohalarda olib borilayotgan işlarning sifatini va samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda uşbu jarayonlarda xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari va siyosiy partiyalarning örni va masʼuliyati har qaçongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Şu munosabat bilan xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari va siyosiy partiyalarning iş uslubini tubdan özgartirişni, jumladan, aholi bilan doimiy muloqotlar olib boriş, aholini öylantirayotgan hayotiy dolzarb muammolarni bartaraf qilişda faol iştirok etiş, hududning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor masalalarni hal qiliş borasidagi taşabbuskorlikni oşiriş kabi tadbirlarni samarali taşkil etişni hayotning özi taqozo etmoqda.

Yuqoridagilardan kelib çiqib hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M. Mirziyoyev tomonidan "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanişi, islohotlarning taşabbuskori va asosiy ijroçisi bölişi kerak” deb nomlangan maʼruzasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning sözsiz bajarilişini taʼminlaş, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ustidan samarali jamoatçilik va deputatlik nazoratini amalga oşiriş, siyosiy partiyalarning mahalliy kengaşlari işini jonlantiriş maqsadida, "Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi

 

QAROR QILADI:

 

1. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M. Mirziyoyevning 2017-yil 12 iyulda bölib ötgan videoselektor yiğilişidagi "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanişi, islohotlarning taşabbuskori va asosiy ijroçisi bölişi kerak” deb nomlangan maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalar ijro uçun qabul qilinsin.

2. Maʼruzadan kelib çiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oşirişda quyidagilar xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilansin:

tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor masalalarni hal etiş borasidagi taşabbuskorlikni oşiriş, aholini öylantirayotgan hayotiy dolzarb muammolarni bartaraf etiş yuzasidan çoralar köriş va ijrosini jadallaştiriş;

yoşlar bilan işlaş, ayniqsa uyuşmagan yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularni kasbga örgatiş borasida tuman bandlikka kömaklaşiş markazi, tegişli taşkilot va korxonalar tomonidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarning samaradorligini baholab boriş;

oilalardagi ajrimlarni va farzandlar tarbiyasiga salbiy taʼsir körsatuvçi boşqa omillarni aniqlab, ularni bartaraf qiliş borasida tuman xotin-qizlar kömitasi va boşqa manfaatdor taşkilotlar bilan birgalikda taʼsirçan çoralar amalga oşirilişiga kömaklaşiş va bu borada jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş;

aholiga, ayniqsa, qişloq aholisiga körsatilayotgan birlamçi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oşiriş, tez tibbiy yordam xizmatini öz vaqtida va uzluksiz körsatiş, tumandagi tibbiyot muassasalarini malakali şifokor kadrlar bilan taʼminlaş, ularning qönimsizligi sabablarini çuqur tahlil qilgan holda tuman tibbiyot birlaşmasi tomonidan taʼsirçan va samarali çora-tadbirlarni amalga oşiriş işlari ustidan deputatlik nazoratini kuçaytiriş;

içki işlar bölimi va uning hududlardagi profilaktika inspektorlari hamda "mahalla posboni” jamoatçilik tuzilmasi tomonidan tumanda jinoyatçilikning oldini oliş, ayniqsa, öğirlik va bezorilik kabi jinoyatlarni mahalla faollari va jinoyat sodir etgan şaxsning yaqinlari, şuningdek tegişli hududdan saylangan deputat iştirokida muhokama qiliş ustidan deputatlik nazoratini amalga oşiriş;

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga oid masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilişda keng jamoatçilik muhokamasini taşkil etiş va körib çiqilayotgan masalalar yuzasidan aholining fikrini har tomonlama örganiş;

xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi, doimiy komissiyalari hamda siyosiy partiya guruhlari faoliyatini har tomonlama yoritişda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni kengaytiriş, xalq deputatlari tuman Kengaşining rasmiy veb-saytida deputatlar faoliyatiga doir materiallarni muntazam joylaştirib boriş.

3. Har oyning birinçi juma kuni doimiy komissiyalar yiğilişlari ötkaziladigan kun va birinçi şanba kuni tuman Kengaşi sessiyasi ötkaziladigan kun sifatida belgilansin.

4. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M. Mirziyoyevning 2017-yil                   12-iyulda bölib ötgan videoselektor yiğilişidagi "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanişi, islohotlarning taşabbuskori va asosiy ijroçisi bölişi kerak” deb nomlangan maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalar yuzasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining çora-tadbirlar rejasi (keyingi örinlarda çora-tadbirlar rejasi deb yuritiladi) mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Çora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarning öz vaqtida va samarali amalga oşirilişini monitoring hamda nazorat qiliş böyiça işçi guruh tarkibi mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Işçi guruh çora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlar amalga oşirilişining holati yuzasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga har hafta maʼlumot kiritib borsin.

6. Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining doimiy komissiyalari Kengaş faoliyatining asosiy yönalişlaridan kelib çiqqan holda:

bir haftalik muddatda öz iş rejalarini qayta körib çiqsin va tasdiqlaş uçun kiritsin;

hududning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi dolzarb masalalar qoida tariqasida dastlab öz majlislarida atrofliça muhokama qilinişi, bunda siyosiy partiyalar vakillarining muxokamaga kiritilayotgan masala yuzasidan fikrlari va xulosalari inobatga olinişi va keyinçalik sessiyalarda körib çiqilişi borasida taşabbuskorlikni kuçaytirsin;

özlari masʼul etib belgilangan sohalarga oid qonun hujjatlari, hududiy dasturlar, halq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi qarorlarining ijro etilişini taʼminlaş yuzasidan tizimli nazorat örnatsin.

7. "Adolat” sotsial-demokratik partiyasining xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşida deputatlik guruhini taşkil qiliş töğrisidagi taklifi maʼqullansin.

8. Siyosiy partiyalarning Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşidagi deputatlar guruhlariga quyidagilar tavsiya etilsin:

öz siyosiy partiyasining ustuvor maqsad va vazifalaridan kelib çiqqan holda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan takliflar işlab çiqiş va taşabbuskorlikni tubdan kuçaytiriş;

tegişli mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan tizimli va doimiy hamkorlikni yölga qöyiş, ularning faoliyati ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oşiriş;

öz siyosiy partiyasi elektorati bilan muloqotni kuçaytiriş hamda saylovoldi dasturining ijrosi böyiça elektorat oldida, şu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali muntazam hisobot berib borilişini taʼminlaş;

sessiyalarga körib çiqiş uçun kiritilayotgan masalalarni öz siyosiy partiyasi elektorati manfaatlaridan kelib çiqib atrofliça örganib boriş, ular böyiça qatʼiy printsipial pozitsiyani namoyon etiş.

9. Amudaryo tuman hokimligi (S.Yöldaşev):

siyosiy partiyalarning tuman kengaşlari bilan birgalikda ularning moddiy-texnika bazasi holatini örganib çiqib, uni mustahkamlaş, orgtexnika vositalari holatini yaxşilaş, siyosiy partiyalarning internet tarmoqlariga ulanişi imkoniyatini kengaytiriş böyiça amaliy yordam körsatsin;

siyosiy partiyalar tuman kengaşlarining tegişli mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan tizimli va doimiy işlaşi borasida zarur şaroitlarni yaratib bersin;

deputat sörovlari tegişli mahalliy davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari hamda ular mansabdor şaxslari tomonidan belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya qilingan holda atrofliça körib çiqilişini taʼminlasin.

10. Siyosiy partiyalarning tuman taşkilotlariga quyidagilar tavsiya etilsin:

xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşida böşab qolgan deputatlik örinlarga siyosiy saviyasi yuqori, faol va halq orasida obrö-eʼtibor qozongan öz partiyasi nomzodlarini tavsiya qilib boriş;

öz elektoratiga bergan vaʼdalarini va tegişli siyosiy partiyaning saylovoldi dasturini töla va samarali bajarilişini taʼminlaş çoralarini köriş;

amaldagi qonunlarning ijrosini hudud misolida tanqidiy tahlil qilib boriş va qonunlarga aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni hal etişga qaratilgan qöşimça va örgartişlar kiritiş yuzasidan tegişli siyosiy partiyaning markaziy Kengaşiga takliflar taqdim etib boriş;

siyosiy partiyaning ustuvor maqsad va vazifalaridan kelib çiqib, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan tizimli va doimiy hamkorlikni yölga qöyiş;

yoşlarga, ayniqsa, uyuşmagan yoşlarga eʼtiborni kuçaytiriş, talaba va öquvçi yoşlarda siyosiy bilimlarni oşiriş çoralarini köriş, bu borada tuman hokimining yoşlar masalalari böyiça örinbosari, Özbekiston yoşlar ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik örnatiş;

halq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşidagi tegişli deputatlar guruhi bilan tizimli hamkorlik örnatiş, siyosiy partiyaning maqsad va vaziflaridan kelib çiqib, deputatlar guruhiga körib çiqiş uçun asoslangan takliflar kiritib boriş.

11. Özbekiston ekologik harakatining Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy Kengaşiga:

aholini, ayniqsa, çekka hududdagi aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş;

maişiy çiqindilarni töplaş, qayta işlaş va utilizatsiya qiliş borasidagi işlarning samaradorligini oşiriş;

aholining ekologik madaniyatini oşiriş, yoş avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini tarbiyalaş masalalarini çuqur örganib, tegişli takliflar işlab çiqiş tavsiya etilsin.

12. Uşbu qaror "Taraqqiyot közgusi”gazetasida, xalq deputatlari tuman Kengaşi va tuman hokimligining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinsin.

13. Uşbu qarorning ijrosini nazorat qiliş xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi raisi zimmasiga yuklatilsin.

14. Uşbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.

 

 

Xalq deputatlari Amudaryo
tuman Kengaşi raisi:                                   S.Yöldaşev






 

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 2017-yil 25-iyuldagi
124/34-05 - sonli qaroriga

1-ilova

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyulda bölib ötgan videoselektor majlisidagi "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanişi, islohotlarning taşabbuskori va asosiy ijroçisi bölişi kerak” deb nomlangan maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalar yuzasidan

xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining

ÇORA-TADBIRLAR REJASI

 

№

Asosiy tadbirlar

Muddatlar

Masʼul ijroçilar

1.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda Özbekiston ekologik harakati vakillari bilan videoselektor majlisidagi maʼruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini tuman Kengaşidagi partiya guruhlarida, doimiy komissiyalarda, şuningdek siyosiy partiyalar faollari iştirokini taʼminlagan holda siyosiy partiyalar Kengaşlarida keng muhokama qiliş.

2017-yil
27-iyul

Partiya guruhlari
(M.Kazakov, M.Sadullayev, Ş.Yangibayeva),
doimiy komissiyalar
(M.Kazakov, Ğ.Yeşniyozov, Ş.Yangibayeva, M.Sadullayev, I.Polvanov, X.Rajabova),
tuman partiya kengaşlari (A.Yuldaşev, Ş.Yangibayeva, M.Sadullayev, I.Polvanov)

2.

Tumanda yoşlar bilan işlaşni takomillaştiriş, oila va ayollar masalalariga eʼtiborni kuçaytiriş maqsadida tuman Kengaşi qoşida "Yoşlar masalalari” hamda "Oila va ayollar masalalari” böyiça komissiyalarni tuziş, ular töğrisidagi nizom loyihalarini işlab çiqib, sessiyada tasdiqlaş.

2017-yil
31-sentyabrgaça

Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev)

3.

Tuman Kengaşida "Adolat” SDP deputatlar guruhini tuziş.

2017-yil
31-iyulgaça

 

Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev),

"Adolat” SDP tuman
Kengaşi (I.Polvanov)

4.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti maʼruzasida belgilangan ustuvor vaziflardan kelib çiqqan holda, tuman Kengaşidagi har bir partiya guruhi va doimiy komissiyaning ustuvor yönalişlarini aniq belgilab oliş, ularning iş rejalarini tanqidiy qayta körib çiqiş hamda ularga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritiş.

2017-yil
31-iyul

Partiya guruhlari
(M.Kazakov, M.Sadullayev, Ş.Yangibayeva),
doimiy komissiyalar
(M.Kazakov, Ğ.Yeşniyozov, Ş.Yangibayeva, M.Sadullayev, I.Polvanov, X.Rajabova)

5.

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga oid dasturlarni:

yönalişlar böyiça tuman Kengaşidagi partiya guruhlari örtasida hamda doimiy komissiyalar örtasida özaro taqsimlab oliş;

 

ijro etiş holati ustidan samarali deputatlik nazoratini örnatiş;

ijro etiş holatini çorak yakunlanganidan keyingi oyning birinçi yarimida majlis va yiğilişlarda muhokama qilib boriş.

 

2018-yilga möljallangan tuman ijtimoiy-iqtisodiy dasturi loyihasini partiya guruhlari tomonidan alohida körib çiqişni taʼminlaş.

2017-yil
31-iyul

 

Doimiy ravişda

 

Har çorakda

 

2017-yil
23-oktyabr

Partiya guruhlari
(M.Kazakov, M.Sadullayev, Ş.Yangibayeva),
doimiy komissiyalar
(M.Kazakov, Ğ.Yeşniyozov, Ş.Yangibayeva, M.Sadullayev, I.Polvanov, X.Rajabova)

6.

Tuman Kengaşi deputatlarining hamda siyosiy partiyalarning halq qabulxonasi bilan aloqalarini kuçaytiriş, deputatlarning fuqarolarni tuman "Xalq qabulxonasi”da ham qabul qiliş amaliyotini yölga qöyiş.

2017-yil
7-avgust

Tuman Kengaşi deputatlari,
tuman partiya kengaşlari (A.Yuldaşev, M.Sadullayev, Ş.Yangibayeva, I.Polvanov),
"Xalq qabulxonasi” (E.Rajapov)

7.

Tuman Kengaşi deputatlarining öz saylov okruglarida olib borayotgan işlarini jonlaştiriş, joylarda aholi bilan muntazam ravişda muloqotlar ötkaziş, ular tomonidan kötarilgan masalalarni atrofliça örganib, tahlil qiliş, uşbu masalalarni hal etiş böyiça deputatlik nazoratidan samarali foydalaniş.

Doimiy ravişda

Tuman Kengaşi deputatlari,
tuman partiya kengaşlari (A.Yuldaşev, M.Sadullayev, Ş.Yangibayeva, I.Polvanov),
tuman hokimligi (M.Temirboyev, A.Yuldaşev, U.Polvonov, M.Axmedova), manfaatdor taşkilotlar

8.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi bilan kelişgan holda tuman Kengaşi deputatlarining malakasini oşiriş böyiça muntazam ravişda ötkazib boriladigan öquv kurslarini taşkil etiş.

2017-yil
21-avgust

Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev)

9.

Tuman Kengaşi deputatlarining faoliyatini baholaş mezonlarini, tartibini işlab çiqib, amalga joriy qiliş. Bunda deputatlarning faoliyatiga har çorak yakunlari böyiça holisona va tanqidiy baho beriş, şu asosda ularning faoliyatini yanada takomillaştiriş çoralari köriş nazarda tutiladi.

2017-yil
25-sentyabr

Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev),
partiya guruhlari
(M.Kazakov, M.Sadullayev, Ş.Yangibayeva),
doimiy komissiyalar
(M.Kazakov, Ğ.Yeşniyozov, Ş.Yangibayeva, M.Sadullayev, I.Polvanov, X.Rajabova)

10.

Tuman Kengaşi raisining jamoatçilik asosida faoliyat olib boruvçi örinbosari vazifa va funktsiyalarini aniq belgilab qöyiş maqsadida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi raisining jamoatçilik asosida faoliyat olib boruvçi örinbosari töğrisida nizom işlab çiqiş.

2017-yil
28-avgust

Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev)

11.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarida munosib faoliyat körsatgan, boşqalarga örnak bölgan, vatanparvar va fidoyi deputatlar haqida "Ehtirom kitoblari”ni taşkil etiş va yuritiş yuzasidan takliflar işlab çiqiş, ularni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga kiritiş.

2017-yil
10-sentyabr

Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev)

12.

Oçiqlik va şaffoflikni belgilangan tartibda taʼminlaş hamda fuqarolarning, ayniqsa, yoşlarning siyosiy bilimlarini oşiriş maqsadida tuman Kengaşi sessiyalariga, deputatlar guruhlari yiğilişlariga hamda doimiy komissiyalar majlislariga jamoatçilik vakillarini, yoşlarni, şu jumladan öquvçi yoşlarni muntazam taklif etiş va bu kabi boşqa tadbirlarda ularning iştirokini taʼminlaş.

Doimiy ravişda

Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev),
partiya guruhlari
(M.Kazakov, M.Sadullayev, Ş.Yangibayeva),
doimiy komissiyalar
(M.Kazakov, Ğ.Yeşniyozov, Ş.Yangibayeva, M.Sadullayev, I.Polvanov, X.Rajabova),

tuman hokimligi (B.Baltabayev),
manfaatdor taşkilotlar

13.

Tuman Kengaşi faoliyatini keng yoritiş maqsadida:

 

Kengaş haqida hujjatli film tayyorlaş;

 

"Namunali deputat” rubrikasida körsatuv tayyorlaş;

 

namunali deputatlarning iş uslubi haqida risola, yoş deputatlar uçun qöllanmalar çiqariş.

 

2017-yil
29-dekabr

 

20-noyabr

 

2017-yil
16 oktbyar

Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev),

tuman hokimligi (B.Baltabayev)
tuman moliya bölimi (B.Kamalov),

Amudaryo televideniyesi (Ğ.Yeşniyozov)

14.

Tuman Kengaşi, undagi doimiy komissiyalar va partiya guruhlari faoliyati töğrisidagi maʼlumotlarni keng jamoatçilikka yetkaziş maqsadida:

 

ularni ommaviy axborot vositalarida, jumladan, tuman Kengaşining va hokimlikning rasmiy veb-saytlarida yoritib boriş;

 

doimiy komissiyalar va partiya guruhlari rahbarlarining OAVda muntazam çiqişlarini taşkil etiş.




Doimiy ravişda

 

Har çorakda (kamida
1-marta)

Xalq deputatlari tuman Kengaşi (S.Yöldaşev),
partiya guruhlari
(A.Yuldaşev, M.Sadullayev, Ş.Yangibayeva),
doimiy komissiyalar
(M.Kazakov, Ğ.Yeşniyozov, Ş.Yangibayeva, M.Sadullayev, I.Polvanov, X.Rajabova),

tuman hokimligi (B.Baltabayev)

15.

Siyosiy partiyalarning samarali faoliyat olib borişlarini taʼminlaş maqsadida ularning moddiy-texnika bazasi holatini örganib çiqiş, uni mustahkamlaş, şu jumladan siyosiy partiyalar joylaşgan binolar (xonalar), u yerlardagi orgtexnika vositalari holatini yaxşilaş (zarur bölsa, yangi bino (xona) va kerakli orgtexnika vositalari bilan taʼminlaş), siyosiy partiyalarning internet tarmoqlariga ulanişi imkoniyatini kengaytiriş.

2017-yil
30-avgust

Tuman hokimligi (B.Baltabayev),
tuman moliya bölimi (B.Kamalov), tuman partiya kengaşlari (A.Yuldaşev, Ş.Yangibayeva, M.Sadullayev, I.Polvanov)

 



🎬 Videogalereya Barçasi →
Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026