“Obod turmuş yili“ yangiliklari
Tadbirda ona – Vatan madhi
Şu yilning 19-iyul kuni Nazarxon OFYda "Qadr-qimmatim, tayançim va iftixorimsan, Mustaqil Özbekiston!” şiori ostida adabiy-musiqiy tadbir bölib ötdi. Tadbirda yiğin faollari, hududdagi fermer xöjaliklari mehnatkaşlari, yozgi taʼtilni maroqli ötkazayotgan maktab öquvçilari iştirok etdilar. Tuman madaniyat va sport işlari bölimiga qaraşli Qipçoq Madaniyat uyidan taşrif buyurgan bir guruh sanʼatkorlar ona-Vatan, döstlik va muhabbatni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar ijro etişib, tadbir iştirokçilarini xuşnud etdilar.
Qöli şirin nonvoy
Manğit şahrining "Boy ovul” mahallasida oilaviy tadbirkorlik, uy mehnati, kassanaçilik faoliyati bilan şuğullanuvçilar köpçilikni taşkil etadi.
Nonvoy Salomat Tilepov oilasining moliyaviy ahvolini
yaxşilaş uçun çet elga çiqib işlab kelayotganlarga ergaşmadi. Aksinça, öz oilasi bağrida yaşab ham yaxşi turmuş
keçiriş mumkinligini tengqurlariga isbotlay oldi. Mahalladoşlariga patir, yupqa
non, obi non va çörak nonlar yopib berib, ularning ham olqişini, ham duosini
olişga erişmoqda.
Barçaga manzur böldi
Mamlakatimiz mustaqillikka erişgan kun tobora yaqinlaşmoqda. Şu munosabat bilan tumanimizning barça hududlarida istiqlolimizni uluğlaşga, mazmun-mohiyatini keng tarğib etişga bağişlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilmoqda.
18-iyul kuni "Olmazor” mahallasida ana şunday tadbirlarning navbatdagisi bölib ötdi.
Tadbirda "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman kengaşi raisi örinbosari Ş.Yangiboyeva, tuman hokimligi mutaxassisi Ğayrat Jumamurodov, "Kamolot” YoIH tuman bölimi xodimi M.Örozboyev, hududdan xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylangan deputat G.Ahmedovalar qatnaşdilar va yiğilganlarni yaqinlaşib kelayotgan eng uluğ, eng aziz bayramimiz – mustaqilligimizning 22 yilligi bilan qizğin qutladilar. Istiqlolni, Vatanni, ozod va baxtiyor zamonamizni madh etuvçi kuy-qöşiqlar barçaga manzur böldi.
Möl hosil töplanmoqda
Iyul oyi – ğöza parvarişida muhim palla ekinligini yaxşi his qilgan qiliçboylik paxtakorlar bu davrning har bir daqiqasidan unumli foydalanib, fidokorona mehnat qilişib, ğöza tuplarida möl hosil töplaşga erişmoqdalar.
Ğöza parvarişi işlari ayniqsa Qiliçboy ovulining "Amirxon” fermer xöjaligida namunali taşkil etilmoqda.
90 gektar paxta maydonining har gektaridan 40 tsentnerdan "Oq oltin” hosili yetiştirişni niyat qilgan uşbu fermer xöjaligi paxtakorlari ğözalarni ikkinçi marotaba suğoriş işlarini ham qizğin boşlab yubordilar.
Ğöza parvarişida fermer xöjaligi mexanizatorlari Bektemir Şermanov va Hayitboy Örozmetovlar, tajribali suvçilari Şokir Örozmetov va Qadamboy Raximovlar namunali mehnat qilmoqdalar.
Zararkunandalarga qarşi kuraş kuçaytirilmoqda
Tuman ösimliklarni himoya qiliş otryadi tomonidan Toşkent bioorganika instituti bilan 2013-yil uçun şartnoma tuzilib, har ikki gektar paxta maydoniga bir donadan feromon tutqiçlar va boşqada bir qança ösimliklar zararkunandalariga qarşi kuraşda işlatiladigan biomahsulotlar va vositalar olib kelingan edi.
Mana şu narsalardan oqilona foydalaniş natijasida hozirgi kunda ğöza zararkunandalarini keskin kamaytirişga erişilmoqda.
"Döstlik” sistemasi taʼmirlanmoqda
Tumanimizda yerlarning meliorativ holatini yaxşilaşda kollektor-drenajlarning ahamiyati nihoyatda katta. Şu sababdan ham tumanda mavjud kollektor-drenajlarni tiklaş va taʼmirlaş işlariga alohida eʼtibor berib kelinmoqda.
Tumandagi yirik kollektorlardan biri – "Döstlik” sistemasida 75 km. uzunlikda taʼmirlaş va tiklaş işlari rejalaştirilgan bölib, şu kungaça uning 45 kilometrida jami salkam 300 mln. sömlik iş bajarildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶