OSOYIShTA TURMUSh BARQARORLIGI YOʻLIDA
Shu yilning 31-iyulida Mangʻit shahrining "Chordara” mahallasida yangi tashkil etilgan Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi vakillarining mahallaning uyushmagan yoshlari bilan uchrashuvi va "Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish, chegaralarimiz daxlsizligini saqlashga xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan aholi hamkorligini yanada mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Kun tartibidagi masalalar boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻini raisi T.Serikboyev, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi M.Shermetov, mahalla hududiga yaqin joylashgan harbiy qismdan leytenant A.Mamadaliyev, serjant O.Mahmudovlar soʻzga chiqdilar.
Yigʻilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Mahallada tinchlik-osoyishtalikni saqlash, mahalladagi uyushmagan yoshlarni tumandagi boʻsh ish oʻrinlariga jalb qilish, ijtimoiy faolligini oshirish, chegaralarimizning daxlsizligiga putur yetkazilishining oldini olish maqsadida oʻtkazilgan yigʻilish mahalla hayotiga oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazadi, albatta.
(Oʻz
muxbirimizdan).
(Foto - http://arxitektura.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶