EZGULIK YÖLIDAGI ÖZGARIŞLAR
Yaqinda qöşni kelinçak endigina çillasidan çiqqan çaqaloğining isitmasi çiqib, tinmay yiğlayotganini aytib, qanday yöl tutiş borasida maslahat söradi.
Beçora yoş ona nima qilarini bilmas, qölidagi çaqaloq esa xarxaşasini qöymasdi. Peşonasiga qölimni qöyib körsam, harorati yuqori ekanligi bilinib turardi.
Men darrov ovulimizdagi faoliyati tugatilgan "Tölqin” QVP binosida iş boşlagan tuman Tibbiyot birlaşmasi "Tez tibbiy yordam” bölimining şoxobçasiga qönğiroq qilişni maslahat berdim. Kelinçak şunday qildi. Hademay şoxobça xodimlari yetib kelişdi. Çaqaloqni obdon tekşirib, tibbiy yordam körsatişdi. Ança öziga kelib qolgaç, onasiga bolani şamollatib qöyganini aytib, davolatişi lozimligini taʼkidlab, parvarişlaş borasida maslahatlar berib ketişdi.
Çaqaloq muolajadan söng joni orom topib, tinçlanib qoldi. Uning bir maromda nafas olib, qöl-oyoqlarini öynatib yotganini körib, biz ham yengil nafas oldik. Yaxşiyam ovul aholisining baxtiga "Tez tibbiy yordam” bölimi şoxobçasi bor. Axir soğliğida muammo tuğilgan odam tuman markaziga borib, tuman Tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilguniça oradan ança vaqt ötib ketadi-da.
Şu boisdan ham "Tölqin” qişloq vraçlik punkti faoliyati tugatilayotgan vaqtda biroz taşvişga tuşgan ham edik. Köp ötmay taşvişimiz örinsiz ekanligini angladik. Albatta, sohada amalga oşirilgan özgarişlar yaʼni QVPlar örnida "Tez tibbiy yordam” bölimi şoxobçalari, köptarmoqli oilaviy poliklinikalar taşkil etilgani tibbiy xizmat körsatiş sifatini yaxşilaşga xizmat qilayotir.
Umuman, barça sohalarda ham amalga oşirilayotgan islohotlar insonlar manfaatlari uçun, ularning baxtiyor va farovon yaşaşlari uçun ekanligini hayotning özi körsatib turibdi.
Jongil RAJABOVA, taʼlim faxriysi.
(Foto - http://www.medicalexpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶