15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 16:06
Jamiyat 👁 1,807

MUSTAQILLIK – ALLOHNING ULUGʻ NEʼMATIDIR

MUSTAQILLIK  – ALLOHNING ULUGʻ NEʼMATIDIR

Bugun jannatmakon yurtimiz mustaqilligining 26 yilligi bayramini  katta shodiyonalar bilan nishonlayapmiz. Bu kunlarni koʻrish orzusida bir necha avlodlarimiz umid va hasratda dunyodan oʻtib ketishdi. Darhaqiqat, mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari shahar va qishloqlarimiz qiyofasini butunlay oʻzgartirib, yubordi. Muqaddas dinimiz, milliy qadriyatlarimiz qaytadan ravnaq topa boshladi.

Hozirgi paytda Oʻzbekistonda ikki mingdan ziyod masjid faoliyat koʻrsatmoqda. Har yili besh ming nafar hamyurtimiz islom dinining asosiy arkonlaridan biri haj ibodatini, umra ziyoratini ado etishga muyassar boʻlmoqdalar.

Azizlar, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan barcha sohadagi islohot va oʻzgarishlarga diqqat bilan nazar solsak, ularning markazida inson manfaatlari turganiga guvoh boʻlamiz.

Tarixga nazar tashlansa, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi, taraqqiy topishi jamiyatning farovon va osoyishta hayot kechirishiga bogʻliqligi ayon boʻladi. Shuning uchun ham Paygʻambarimiz (s.a.v.) hadislarining birida tinchlik-xotirjamlik eng katta neʼmat ekanligini taʼkidlab shunday deganlar:

"Ikki neʼmat borki, koʻpchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U – xotirjamlik va sihat-salomatlik”.

Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish roʻy beradi. Odamlarning oʻzaro bir-birlariga boʻlgan ishonch va sadoqatlari, mehr va muruvvatlarining samimiy boʻlishi ham asosan xotirjamlikka bogʻliqdir. Demak, dunyoda hayotning bir maromda davom etishi, xalqning Haq taolo buyurgan ishlarini mukammal va xotirjam ado etishlari uchun tinchlik va osoyishtalik lozim.

Qurʼoni Karim taʼlim beradiki, har qanday shakldagi zulm va zoʻravonlik islom aqidasiga tubdan qarama-qarshidir va bironta musulmon ana shunday jinoyatni sodir etishi mumkin emas.

Islom dini kishilarni tinchlikni asrash va barqarorlikni taʼminlash yoʻlida imon,  hamjihatlik va birdamlik bilan harakat qilishga, fitna va oʻzaro adovatga barham berishga chaqiradi, tinchlikparvarlik islom dinining mohiyatini tashkil etadi. Barchamiz ona Vatanimizdagi tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga yetib, shu farovon, osuda hayotni yanada mustahkamlash uchun oʻz hissamizni qoʻshib, el-yurt taqdiri, kelajagi uchun qaygʻurib yashaylik.

Azizlar, yaxshilik qilishdan charchamaylik. Binobarin, bu hayotda insondan faqat savobli amal va yaxshilikkina qoladi.

Ushbu saodatli kunlarda jannatmakon diyorimizda yashovchi barcha yurtdoshlarimizni mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Alloh taolodan bu ulugʻ bayramni barchamiz uchun xursandchilik, shodu xurramlik va hamjihatlikda oʻtkazishlikni soʻraymiz.

Rajabboy HABIBULLAYeV,

"Hoji Eshon bobo” jomʼe masjidi imomi.

(Foto - http://ijod.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019