“Obod turmuş yili“ yangiliklari
Farovonlikka hissa
1998-yilda taşkil etilgan "Bözyop” ovul fuqarolar yiğinida 4800 nafardan ziyod özbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman, tatar kabi turli millat vakillari ahil inoq yaşaşmoqda. Ovul aholisi asosan qişloq xöjaligida, taʼlim va tibbiyot muassasalarida mehnat qilişadi.
Keyingi yillarda uy mehnati va kasanaçilikni rivojlantiriş, ayollarning oilasi bağridan ajralmay ijtimoiy foydali mehnat bilan şuğullanişlariga keng imkoniyatlar yaratib berişga ulkan eʼtibor berilayotgani bois, ovulning 98 nafar ayoli uy mehnati bilan band bölib, daromad topmoqda. Bu öz navbatida mazkur oilalar farovonligiga xizmat qilişi şubhasiz.
Aholi xizmatida
"Bözyop” ovulida 6 ta xususiy dökonlar va 1 ta göşt dökoni mavjud bölib, aholining kundalik ehtiyoj mollariga bölgan talabini töla qoplaşayapti. Tuman markazidan olisda joylaşgan hudud aholisi uçun sifatli va arzon mollar bilan töla mavjud dökonlar faoliyati ayni muddaodir.
Tomorqa – koni foyda
Bugungi kunda tomorqa yerlar xonadonlarning öz oilasi ehtiyojlariga yaraşa turli meva poliz va sabzavot ekinlari yetiştirib, ortganini bozorga sotib, iqtisodiga ijobiy taʼsir etadigan foydali manba ekinligini barça anglab yetdi va undan unumli foydalanişayotir.
"Bobur” ovulidagi mavjud 647 ta xonadonning deyarli barçasi tomorqa yerlariga ega bölib ayni kunda turli ekinlar yetilib turibdi. Şuningdek, 40 ta dehqon xöjaligi ixtiyoridagi 14 gektar yerda ham ayni pişiqçilik.
Namunali QVPlar
Istiqlol yillarida aholi salomatligini yaxşilaşga, barkamol avlodni şakllantirişga, oilada tibbiy madaniyatni oşirişga, soğlom turmuş tarzini tarğib qilişga berilayotgan eʼtibor natijasida tumanimiz aholisining salomatlik körsatkiçlari sezilarli darajada yaxşilandi.
Tumandagi barça qişloq vraçlik punktlari qoşida dorixona şoxobçalari va fitobarlar taşkil qilindi.
Namunali qişloq vraçlik punktini yaratiş böyiça tumanda keng kölamli işlar olib borilmoqda. Jumladan Berdaq, Oxunboboyev, Tölqin, Qipçoq, Madaniyat, Örta qalʼa va Xitoy qişloq vraçlik punktlari namunali QVPlarga aylantirildi.
"Oq oltin” va "Y.Örozboyev” QVPlarini ham şunday davolaş muassasalariga aylantiriş maqsadida ularda kapital taʼmirlaş işlari amalga oşirilmoqda.
Şu kungaça "Oq oltin” QVPni taʼmirlaşga 40 mln. söm, "Y. Örozboyev” QVPni taʼmirlaşga 30 mln. söm mablağ sarflandi.
"Qoraqalpoğiston” sistemasi qayta tiklanmoqda
Uzunligi 170 km. bölgan "Qoraqalpoğiston” kollektor tarmoğini taʼmirlab, qayta tiklaş maqsadida 1219 million söm pul mablaği ajratilgan edi. Ayni kunda bu obʼektda 4 ta ekskavator va 1 ta buldozer yordamida sistemani taʼmirlaş işlari qizğin olib borilmoqda.
Joriy yilning 1-avgust holatiga "Qoraqalpoğiston” sistemasining 113 kilometrida jami 775 million sömlik taʼmirlaş-tiklaş işlari amalga oşirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶