KEÇIKKAN BAXT
Zarina umumtaʼlim maktabini imtiyozli tugatdi. Şu yiliyoq öqituvçi böliş orzusida ikki opasiga havas qilib Toşkent şahriga yöl oldi. Qizlarining bilimdonligidan, aql-farosatidan mamnun bölgan ota-ona uçinçi qizini ham oq yöl, oq fotiha bilan Toşkentga kuzatib qolişdi. Zarina pedagogika institutiga öqişga kirdi. Lekin bir oiladan uç nafar qizning olis şaharda öqiyotgani mahalladagi ayrim ğalamislarning içini "kuydirdi” şekilli, unda-bunda ğiybatlar töqildi. "Emişki, öqigan qizlar buzilib ketarmiş, Bobomurod bilan Oydinning uçala qizi ham "yöldan çiqib ketgan”miş... Şaharda öz bilganlariça, köngillarining köçalarida yurib-yurib, qişloqqa heç narsa körmaganday bölib qaytarmiş...”
Yo tavba, xuddi opa-singillarni öz közlari bilan körib, ayb ustida uşlaganday, gap qilişdi odamlar. Bobomurod oğa bilan Oydin çeça mahallaga kam aralaşadigan bölib qolişdi. Ikkalasi ham bir-birlaridan pinhon öyga tolişar, köngillaridan keçayotgan gaplarini tillariga çiqarişmas, bularning bari bekorçi-ğiybatçilarning gaplari ekanligini iç-içlaridan bilib turişsalarda qizlarini oqlaş maʼnosida biron söz demasdilar.
Birin-ketin, avval katta qizi Zulfiya tibbiyot institutini, Zumrad politexnika universitetini tugatişdi. Zulfiyani özi tahsil olgan institutda qoldirişdi, Zumrad qişloqqa qaytdi. Biri-biridan odobli, öqimişli qizlarni kelin qilişga orzumandlar köp-u lekin birontasi Bobomurod oğaning eşigini taqillatişmasdi. Hatto Zulfiya bilan Zumradning öqişi tugaşini kutib yurgan yigitlar ham ğiybatlarga işonişdimi, Bobomurod oğa xonadonidan nazarini uzişdi.
Oradan bir yil ötib, kiçik qiz Zarinaga sovçilar kela boşladi.
– Opalarimdan oldin turmuşga çiqmayman, – dedi Zarina va sözida qatʼiy turib oldi.
Opalari ... Qaysidir oğzida qurti bor ğalamisning ğiybatlariga qurbon böldi, ularning gulday yorqin, oppoq orzulari. Biri oliy maʼlumotli şifokor, biri muhandis bölgan Zulfiya 30 yoşida qöli kaltalikdan uylana olmay yurgan özi tengi yigitga turmuşga çiqdi. Zumrad to 35 yoşigaça "qari qiz” bölib ötirib qoldi. Opalari turmuşga çiqib tinçib ketdi-yu, Zarina...
Avvallari undan-bundan sörovçilarning ham endi qadamlari uzilgan, ota uyida öz oilasi bilan yaşayotgan ukasi Jamşidbek opasining hurmatini qilgani bilan kelin baʼzi-baʼzida tönini teskari kiyib olardi. Şunday paytlarda Zarinaning yolğizligi juda bilinadi. Mahalla-köyning töy-maʼrakasiga çiqişni-ku, umuman xohlamaydi.
Öşanda ayni bahor edi. Boğlar qiyğos gulga kirgan farahli bir kunda eng sevimli şogirdlaridan biri töyga taklif qildi. Bordi, tuman markazidagi "Bek” töyxonasida ekan. Töyxonaga kelin-kuyov kirib kelişayotgan paytda endi zinaga oyoq qöygan Zarinani kimdir qölidan tortdi:
– Zarina, kelin-kuyovning oldiga çiqmang!
Zarina ovoz egasini tanidi, u şogirdi Nilufarxonning xolasi edi. Ğalati bölib ketdi. Kimdir uning boşidan muzday suv quyganday, butun vujudini sovuq ter bosdi. Tomoğiga nimadir tiqilganday, havo yetişmayotganday, lohaslandi. Arang ortiga qaytib, yaqin joydagi örindiqqa çökdi. Aniq kördi, kelinçakning xolasi yonidagi xotinlarga nimadir deb, Zarina tomonga işora qildi. "Ketsammikan?” – xayolidan şu fikr ketmay qoldi Zarinaning. U qança ötirganini bilmaydi. Faqat yoniga bir neça sobiq öquvçilari kelişib:
– Ustoz, içkariga yuring, – deganlaridagina özining holatini his qila oldi.
Şogirdlari qistovi bilan töyxonaga kirib, sobiq öquvçilari davrasida sal öziga kelganday böldi-yu, töy boşqaruvçisining:
– Tabrik uçun söz Nilufarxonning birinçi öqituvçisi Zarina opaga, – deganida negadir yuragi ğalati dukillab ketdi. Hali u örnidan turmasidan, mikrofon tomon qadam qöymasidan burun boyagi ayol qarşisida paydo böldi.
– Siz tabriklab, tilak aytişingiz şart emas, – dedi Zarinaning quloğiga. – Mana bu sizga töyona! – U şunday deb Zarinaning qöliga yelim xaltaça tutqazdi. – Yoş oilaga unib-ösgan, özidan tingan onalarimiz tilak aytişsin!
Endi örnidan turayotgan Zarina butun oğirligi bilan kursiga qanday ötirganini bilmay qoldi. Ayol tutqazgan yelim xaltaça oyoq ostiga tuşdi. Töyni boşqaruvçi esa uni tinmay davraga çaqirar, sobiq öquvçilari atrofida parvona bölişar, lekin Zarina hatto töyxonani tark etişga ham özida kuç topaolmay, lohas ötirardi. Nihoyat u örnidan turdi. Turdi-yu, bor kuçini töplab bu izdihomdan çiqib ketişga şaylandi. Ğala-ğovur şovqin xuddi kuçli tölqin kabi uni orqasidan itarib, taşqariga olib çiqib qöydi. Yölda kelarkan, umrida birinçi marta butun borliği titrab-qaqşab, öziga, keng dunyoga siğmay yiğladi. Şu böldi-yu Zarina yaqin kişilarining ham töylariga çiqmay qöydi.
Oradan yana ikki yil ötdi. Zarina 42 yoşga töldi. Öz oilasi bilan Toşkent şahrida yaşayotgan katta opasi Zulfiya kelin tuşiradigan böldi. Qança bahona topmasin, baribir Zulfiya singlisini Toşkentga çaqirib oldi. Şiringina ötgan töyda öynab-kulib, sal öziga kelgan Zarina "çarlar”dan söng "ketaman”ga tuşib qoldi.
– Biz sizni qöyib yubormaymiz, – deyişdi opasining qöşnilari bir-birlariga maʼnoli qaraşib. – Avval ikkita qizaloğimiz bor, ular siz bilan körişsinlar, keyin ketavering qişloğingizga.
– Qizaloq? – hayron böldi Zarina. – Ularning menga nima aloqasi bor?
– Judayam bor-da! – qoraçadan kelgan Mohiraxon ismli juvon boşqa bir yoşgina juvonga:
– Arofatxon, Fotima-Zuhralarni aytib keling, – dedi ovoziga sirli tus berib.
Oradan oz fursat ötib 10-12 yoşlardagi oppoqqina, soçlari jingalak-jingalak egizak qizaloqlar kirib kelişdi. Ulardan biri töliq salom berdi-yu, ostonada töxtab qoldi. Ikkinçisi esa oğzini oçgança Zarinaga tikilib turib qoldi.
Bu holatdan ayollardan biri köziga yoş oldi, biri "oh!” deb yubordi. Ikkinçi qizaloq astagina eşikka suyandi-yu yiğlab yubordi.
– Oyim, oyijonim... oyij-o-o-on!
– Kördingizmi, Zarinaxon! Qizaloqlar onasini topganday bölişdi. Siz ularning onasiga uzumning suviday öxşaysiz. Kelganingizdan beri dunyodan erta ötib ketgan dugonam Salomat tirilib qaytdimi, deb içimda Allohimga salovatlar aytaman. Endiyam ketaverasizmi? – Mohiraxon unga sinçkovlik bilan boqdi.
Noqulay holatda qolgan Zarinani kutilmaganda qizaloqlar quçoqlab olişdi. Negadir Zarina şu lahzalarda uzoq yillardan beri izlab topaolmayotgan manziliga yetganday, vujudida yengillik sezdi. Qizaloqlarni mahkam quçib, bağriga bosdi, soçlarini mehr bilan siladi. Şunda u umrida heç qaçon his qilmagan bir gözal tuyğu oğuşida mast böldi.
Bu – bola mehri, farzand hidi ila qorişgan onalik muhabbati edi...
Zarina qizaloqlarga mehr berdi, özidan ikki yoşgina katta bölgan Qosimjon bilan turmuş qurdi. Allohning karami keng, Zarina 43 yoşida öğli Şamsiddinni dunyoga keltirdi. Onalik baxti unga juda yaraşdi. Özi tuğilgan qişloğiga har gal qizlari va öğilçasi bilan kelganida yuragi bir ajib hisni tuyadi. Bu – keçikib bölsa-da, baxt manziliga yetganidan şukronalik hissi! Endi köçalarda, töy-marosimlarda qaddini tik tutib yuradi. Şogirdlariga samimiyat bilan ezgu tilaklar tilaydi. U sabrli böldi, Alloh uni gözal sabri uçun siylagan edi nazarimda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶