“Qaldirğoç” bolalar yozgi oromgohida “Baxtli bolalik” nomli kontsert dasturi taşkil etildi
Amudaryolik bolajonlar uçun yozgi taʼtilni yanada qiziqarli va zavqli tadbirlarga boy tarzda taşkil etiş işlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Yoz kunlarini tengdoşlari va yangi döstlari davrasida ötkazayotgan bolajonlarning quvonçi çeksiz. Bu esa ularning keyingi öquv yilini har jihatdan kuçga tölib, zavq bilan boşlaşlariga xizmat qiladi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda yoş avlodni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil qiliş, taʼlim sifatini oşiriş masalasiga doimiy ravişda eʼtibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qöllab-quvvatlaş, ularning hayotda munosib örin topişlariga kömaklaşiş davlatimizning doimiy eʼtiborida. Bularning bari kelajagimiz vorislari bölmiş yoşlar uçun yangi imkoniyat eşiklarini oçmoqda.
Ayniqsa, Respublikamizning eng sölim manzillarida yoş avlodni soğlomlaştiriş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş hamda salomatligini tiklaşga kömaklaşiş maqsadida taşkil qilingan oromgohlar bolalarning yozgi taʼtilni maroqli ötkazişlariga xizmat qilyapti.
Amudaryo tumanining Dörman ovulidagi 84-sonli maktab binosida faoliyat körsatayotgan “Qaldirğoç” bolalar yozgi dam oliş oromgohi ham şular jumlasidandir. Oromgohda taşkil etilayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar amudaryolik yoşlarga kötarinki kayfiyat va ziyo ulaşmoqda. Yaqinda tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Estrada-vokal” tögaragi rahbari Şokirjon Xudoyberganov hamda “Şöx bolalar” jamoasi tomonidan taqdim etilgan “Beğubor bolalik” nomli kontsert dasturi ham oromgoh bolalariga olam-olam quvonç baxş etdi.
Kontsert dasturi avvalida “Estrada-vokal” tögaragi rahbari Şokirjon Xudoyberganov sözga çiqib, oromgoh bolalariga taʼtilni maroqli ötkazişlariga tilakdoş böldi va bugungi kunda “Barkamol avlod” bolalar maktabida faoliyat yuritayotgan tögaraklar haqida maʼlumot berib, barça yoşlarni mazkur maktabga taklif qildi.
Şundan keyin “Şöx bolalar” jamoasi yoş ijodkorlarining yakkaxon va guruh çiqişlariga navbat berildi. Yoşlar ijrosida ona Vatan, döstlik, bolalik, qadrdon maktab madhi tarannum etilgan şöx qöşiqlar yangradi. Oromgohda dam olayotgan bolalar tengdoşlari kuylagan qöşiqlardan zavqlanib, ularni qarsaklar bilan olqişlaşdi.
Baxtli bolalik – inson umrining eng beğubor, orzu-umidlarga töla jöşqin va haroratli damlaridir. Şubhasiz, bolalarning kulgusi, közlaridagi quvonç butun olamni yoritadigandek göyo. Osmoni musaffo, tinç va farovon Vatanimizda bugun farzandlarimiz yoruğ kelajak uçun dadil harakat qilişmoqda. Sahnadagi yoş xonandalarning çiqişlarini kuzatib, ular ijrosidagi şöx qöşiqlarni tinglar ekanmiz, bularning barçasi mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamdagi islohotlarning amaliy natijasi ekanligiga yana bir bor amin bölamiz. Zero, bunday bayramona kayfiyat faqat tinç va osoyişda zaminda hukm suradi.
“Qaldirğoç” bolalar yozgi dam oliş oromgohida taʼlim-tarbiya sifatini, sportning ommaviyligi, kitobxonlik madaniyatini oşirişga alohida ahamiyat qaratilyapti. Dam oluvçilarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş uçun “Beş taşabbus” doirasida tadbirlar taşkil etilyapti. Oromgohda har bir bolaning rivojlanişi, salomatligiga alohida eʼtibor qaratilişi, maşğulotlarning qiziqarli ötişi esa ularning ham aqlan, ham jismonan soğlom bölib ulğayişlariga zamin yaratmoqda. Xususan, guruhlar örtasida intellektual öyinlar, sport musobaqalari muntazam ravişda taşkil etilyapti. Tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan ötkazilayotgan “Sayyor kutubxona” tadbirlari bolalarni kitoblarga yanada yaqinlaştiryapti.
Tadbir yakunida barça bolalar qölni-qölga berib, döstlik davrasida sevimli oromgohlarini madh etuvçi qöşiqlarni birgalikda kuylaşdi. Darhaqiqat, bunday madaniy-maʼrifiy tadbirlar, kontsert dasturlari madaniy hordiq çiqariş bilan bir qatorda yoşlarning beğubor qalbiga döstlik tuyğularini ham olib kiradi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶