NOQONUNIY VALYuTA AYIRBOShLAShGA ChEK QOʻYILMOQDA
2017-yil 2-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5177-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasi joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun banklarda erkin sotib olinishi va sotilishi kafolatlandi.
Taʼkidlash joizki, joriy xalqaro operatsiyalar boʻyicha toʻlovlarni banklardagi hisob-varaqlar orqali amalga oshirishda xoʻjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan bozor kursida chet el valyutasini sotib olish imkoniyatining yaratilishi "yashirin” iqtisodiyotning qisqarishiga va pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb qilishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan noqonuniy chet el valyutasini olish yoki oʻtkazish bilan shugʻullanuvchilarni aniqlash borasida tezkor-qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish, valyuta tushumini yashirish va valyuta sohasidagi boshqa qonunbuzarliklarga qarshi kurashishga qaratilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida valyutaga oid 84 ta huquqbuzarliklar aniqlanib, 6 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi va 78 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka doir ishlar yuritildi.
Farmon ijrosini taʼminlash mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishiga xizmat qiladi, albatta.
A.AKBAROV, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning boʻlim katta inspektori.
(Foto - http://uzbekistan24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶