HAYoT SABOQLARI
Suvga axlat supurgan kelin
Sayyora şahardan qişloqqa kelin bölib tuşdi. Oilada yolğiz qiz bölganigami yoki ikki nafar kelinoyisi hamma yumuşlarni öz zimmalariga olganlaridanmi, Sayyora uy tutiş, dasturxon bezatiş, mehmon kutiş kabi oilaviy marosimlarga unçalik aralaşmas, bunga qunt ham qilmasdi. Avval institutga kiriş uçun bunday masalalarni çetga surib qöygan bölsa, talabalik paytida öqişdan böş paytlarida dam olişni, dugonalarinikiga mehmondorçilikka borişni xuş körardi. Baʼzi-baʼzida enasi:
– Sayyora qizim, bir kuni sen ham kelin bölasan, çeçalaringga qaraşib tursang, hamma işni örganib olasan, – deganida u:
– Qöysangiz-da, ena, – derdi erkalanib, – boşimga tuşganida binoyiday örganib olaman...
Mana, Sayyoraxonning "boşiga tuşdi”yam, kelin böldi. Bir yarim oydirki, u kelinlik vazifalarini vaqtida uddalay olmaganidan tez-tez xijolat böladi. Eşiklari oldidan ötuvçi ariq doim tölib oqadi. Yaxşiyam Sayyora suvni öz uyidagi kelinoyilari kabi narigi köçadagi vodoprovod tarmoğidan taşimaydi. Şundoq ariqqa çelakni botiradi-yu oladi, bir pasda köçaga suv sepib çiqadi. Lekin...
Bugun ham u tongda köça yuzini supurgani çiqdi. Har kungi odati böyiça köça yuzidagi mayda-çuyda axlatlarni şarqirab oqayotgan ariq tomon supurib taşladi. Zilol suv yuzi çang, xas-çöpdan xiralaşdi. Sayyora supurgini bir çetga qöyib, qölidagi çelakni endi ariqqa botirganida qöşni hovlidan çiqib kelayotgan Roziya momo hassasini kötarib baqirdi:
– Hoy, kelin, qani çelakni qöyib bunda kel!
– Tong bilan bu kampirning menda nima işi bor ekan, odamni işdan qoldirib, – öziça ğudrandi Sayyora va kampirning oldiga borib egilib salom berdi.
– Assalom, momo!
Momo unga boşdan-oyoq razm soldi-da:
– Voy Orzugulning kelini-ya, hali salom berişni ham bilmaysanmi? – dedi boşini sarak-sarak qilib. – Assalomu alaykum, deyişni örgatmaganmi senga? Qani boşqatdan salom ber!
Qöşni momo to Sayyora tuzuk salom berişni örgangunça alik olmadi. Söng uni ariq böyiga olib bordi-da:
– Qizim, – dedi jiddiy, – har kuni ariqdagi suv yuzida mayda-çuyda axlat oqadi, buni kim qilayotganini bilmasdim. Mana bugun öz közim bilan kördim. Endi qöling bilan anov oqib ketayotgan xas-çöplarni ol!
Ariq çetlaridagi öt-ölanlarga ilinib, har joy-har joyda suv yuzida töplanib qolgan, hozirgina özi ariqqa supurib taşlagan axlatlarga qarab Sayyora notöğri iş qilganini anglab, uyalib ketdi. Ariq yoqalab yurib axlatlarni suv yuzidan olib, bir joyga töpladi.
– Kördingmi, – dedi momo, – sen ariqni bulğading, bu suvga qalqib çiqqani, çökib, suvni bulğagani qança? Bu ariqdan qança odam tomorqasini, mol-holini suğoradi. Yuz-qölini, kir yuviş, çayiş, idiş-tovoq yuviş uçun foydalanadi. Ikkinçi bunday qilma, bu gunoh, bolam! Oldingdan oqqan suvning qadrini bil!
BETGAÇOPAR
Turdigul enaning bir odati bor: u tonggi namoz ibodatidan söng uylari yaqinidan oqib ötuvçi kanal böyida aylanib yurişni yaxşi köradi. Bugun ham har galgi odatini kanda qilmay, kanal böyiga çiqdi. Yalpizlar hidi ufurib turgan tong havosidan töyib-töyib nafas oldi. Ufqdan asta boş kötarayotgan quyoşning alvon nurlarida jimirlab oqayotgan kanal suvi yuzasida goh qalqib, goh çökib borayotgan son-sanoqsiz pomidorlarga közi tuşdi-yu könglidan:
– Biron kişi bozorga sotgani olib çiqqan pomidor töla idişini köprikçada ağdarib qöygan şekilli, – degan öy ötdi.
Asta kanal ustiga qurilgan qölbola köprikça tomon yurdi. Heç kim yöq. Turdigul ena hayron bölib atrofga alangladi. Ikki uy naridagi qöşnining keliniga közi tuşdi. U kanal böyida ğimirlab, nimadir qilar, dov-daraxtlar, öt-ölanlar panasida uning nima bilan bandligini anglab bölmasdi. Turdigul ena öşa tomonga yurdi. Ne köz bilan körsinki, qöşni kelin oğzi oçiq bir neça bankalardagi tuzlama (aftidan "bombaj” bölib aynigan) pomidorlarni birin-ketin kanalga oqizayotgandi.
– Töxta! – baqirib yubordi Turdigul ena. – Uyalmaysanmi? Axir sen suvga zahar taşlayotirsan-ku! Kanal suvi şirin, deb tindirib qöyib çoy qaynatib içişadi odamlar. Bolalar çömilişadi. Xudodan qörq, qizim!
Qöşni kelin qölidagi oxirgi bankani ham kanalga ağdarişga şaylanarkan:
– Sizning nima işingiz bor? – dedi oldida keksa onaxon turganligiga ham parvo qilmay, – heç narsa qilmaydi, oqib ketadi. Uyimizda ham sizga öxşab "unday qilma, bunday qil”, deb tinçimizga qöymaydigan maslahatçi kampirimiz bor. Öşaning aytganini qilsam, bu yoqda siz...
– Nima, katta qaynonang senga "suvga zahar sol”, – dedimi?
Aftidan Turdigul ena qattiqroq gapirdi şekilli, orqasidan kelayotgan qöşni onaxonning qadam tovuşlarini eşitmay, kelinga yuzlanibjahl bilan:
– Men bilgan Hayitgul çeça senga bunday maslahat bermaydi! – dedi-da kelinning qölidagi bankani şartta oldi va çetga otmoqçi bölib keskin burilganida kelinning katta qaynonasiga – Hayitgul enaga urilib ketdi. Hayitgul ena özidan bir neça yoş kiçik bölgan Turdigul ena bilan heç narsa bölmaganday, quyuq söraşdi-da, nevara keliniga:
– Turdigul enangdan keçirim söra! – dedi qatʼiy.
– Axir men... – talmovsiradi kelin.
– Keçirim söra! – qatʼiy buyurdi Hayitgul ena. – Men senga suvga axlat oqizib, oqar suvni bulğa, demadim. Sen bolam, oliy maktabda öqibsan-u, hayot maktabida taʼlimni ozroq olibsan. "Sadaqangni suvga taşla, baliq bilar, baliq bilmasa, Xoliq bilar”, degani, açigan-sasigan narsalarni baliqlarga beriş emas, şu jonivorlarga baʼzi-baʼzida isrof qilmay non uşoqlarini taşlab turiş ham Alloh yölidagi xayrli iş degani. Sen bu naqlning mağzini uqmabsan, oqar suvni bulğabsan. Bu juda katta gunoh.
Hozirgina "yuzing-közing” demay Turdigul enaga gap qaytarib, bilağonlik qilib turgan qöşni kelinning boşi egildi. Ikkala kampir oldida uyatdan "duv” qizarib keçirim söradi.
– Hamişa oldingdan oqqan suvning qadrini bil, ikkinçi bunday nomaʼqul iş qilib, oilamiz obrösini tökma! – dedi Hayitgul ena betgaçopar nevara kelinini "qayirib”.
Kelin tilini tişlagança, jim bölib qoldi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶