Donolar suhbati
Umr daftari
Faridun farzandi uchun qogʻozga quyidagi soʻzlarni yozdi: «Hayot varaqlari kishi amalining sahifalaridir. Unga eng yaxshi ishlargina yozib qoldiriladi».
Sabrning xosiyati
Bir donishmandga ayoli faqirliklaridan shikoyat qildi. U javob berdi:
– Sabr qil. Oldinda shunday bir choʻqqi borki, unga faqat yuki yengillargina chiqa oladilar.
Kuyov tanlovi
Bir donishmandning yolgʻiz qiziga bir boy va bir nochor xonadondan sovchi kelibdi. U esa qizini kambagʻal yigitga beribdi. Doʻst-u yaqinlari:
– Nega bunday qilding? – deb tanbeh berishsa, shunday debdi:
– Badavlat yigitning esi pastroq koʻrinadi, hademay u mol-dunyosidan ajralib qolishi mumkin. Kambagʻal yigit esa aqlli va gʻayratli ekan – bunday odam sira kam boʻlmaydi.
Hasad va gʻiybat
Bir shogird ustoziga shikoyat qildi:
– Falon kishi meni koʻrolmaydi – hasadning zoʻridan tars yorilib ketay deydi.
Ustozi bunga javoban dedi:
– Xoʻsh, hasad-ku yomon ekan, lekin kim senga gʻiybat yaxshi deb aytdi?! Boshqalarni yomonlagan kishi seni ham birovga yaxshi demaydi.
(Foto - http://fikr.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶