“Biz korruptsiyaga qarşimiz!” nomli grant loyihasi doirasida Qiliçboy OFYda davra suhbati taşkil etildi
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş — faqat davlat idoralarining emas, balki butun jamiyatning vazifasidir. Mamlakatimizda mazkur illatning oldini oliş, aholi örtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirişga qaratilgan keng qamrovli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Biz korruptsiyaga qarşimiz!” nomli grant loyihasi doirasida “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati taşabbusi bilan joylarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari taşkil etilmoqda.
Şu kabi tadbirlardan biri yaqinda Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida bölib ötdi. Unda huquqşunoslar, jamoatçilik faollari va mahalliy aholi vakillari iştirokida jamiyatda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni şakllantiriş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Xonimjon Rajabova, “Madad” nodavlat notijorat taşkiloti Amudaryo tumani huquqiy maslahat byurosi boş mutaxassisi Davron Pirmonov, Qiliçboy OFY raisining Nuroniylar masalalari böyiça maslahatçisi Amina Yusupova, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yöldoşeva, loyiha koordinatorlari, mahalliy aholi vakillari hamda yoşlar iştirok etdi.
Uçraşuv avvalida loyiha koordinatorlaridan biri, jurnalist Şohzod Qurbonboyev “Biz korruptsiyaga qarşimiz!” loyihasining maqsad va vazifalari, kutilayotgan natijalari, aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga qaratilgan yondaşuvlar haqida iştirokçilarga batafsil maʼlumot berdi.
Şundan söng “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yöldoşeva sözga çiqib, korruptsiyaning tarixiy ildizlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, manfaatlar töqnaşuvi, uruğ-aymoqçilik, firibgarlik va poraxörlik kabi illatlarning kelib çiqiş sabablari töğrisida hayotiy misollar orqali keng tuşunça berdi. Şuningdek, korruptsiyaga qarşi kuraşişning eng samarali yöli — jamiyat aʼzolari ongida huquqiy immunitetni şakllantiriş lozimligi alohida taʼkidlandi.
Muloqot davomida “Madad” nodavlat notijorat taşkiloti Amudaryo tumani huquqiy maslahat byurosi boş mutaxassisi Davron Pirmonov sözga çiqib, sönggi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar, xususan, davlat va jamiyat qurilişida korruptsiyaviy omillarga çek qöyiş, byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, “yaşirin iqtisodiyot”ni qisqartiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan atrofliça maʼlumot berdi.
Şuningdek, “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi va “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi Qonunlar qabul qilinib, bu borada davlat siyosati yönalişlari aniq belgilab olinganini taʼkidlab, tadbir iştirokçilariga korruptsiya bilan boğliq huquqbuzarliklar, poraxörlik va manfaatlar töqnaşuvining huquqiy tavsifi hamda ularning oldini oliş böyiça amaliy çoralar haqida tuşunçalar berildi.
Bundan taşqari, “Madad” nodavlat notijorat taşkiloti Amudaryo tumani huquqiy maslahat byurosi faoliyati va aholiga körsatiladigan xizmatlar xususida ham iştirokçilarga atrofliça maʼlumot taqdim etildi.
Uçraşuv davomida sözga çiqqan Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Xonimjon Rajabova korruptsiya jamiyat hayotidagi eng xatarli illatlardan biri ekanini taʼkidlar ekan, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligiga jiddiy salbiy taʼsir körsatayotganini alohida qayd etdi.
Korruptsiya davlat organlariga nisbatan işonçni susaytirib, jamiyatda adolat mezonlarining buzilişiga, imkoniyatlar tengsizligining yuzaga kelişiga, eng asosiysi esa fuqarolarda beqarorlik tuyğularining kuçayişiga sabab böladi. Şuningdek, har qanday holatda ham jinoyat jazosiz qolmasligi, javobgarlikning muqarrarligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida Qiliçboy OFY raisining Nuroniylar masalalari böyiça maslahatçisi Amina Yusupova va boşqalar sözga çiqib, şunday muhim va dolzarb mavzu yuzasidan ötkazilgan uçraşuv uçun tadbir taşkilotçilariga samimiy minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, bu kabi tarğibot tadbirlarini muntazam ötkaziş orqali aholining huquqiy ongi va fuqarolik masʼuliyatini oşiriş, davlat xizmatçilari faoliyatining oçiq va şaffofligi taʼminlanişi taʼkidlandi.
Korruptsiyaga qarşi kuraşda jamoatçilik nazorati, huquqiy ong va fuqarolik masʼuliyatini oşiriş hal qiluvçi ahamiyatga ega. Şu bois, bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar nafaqat huquqbuzarliklarning oldini oliş, balki jamiyatda halollik, adolat va qonuniylik tamoyillarini qaror toptirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şohzod Qurbonboyev, loyiha koordinatori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶