XAYR-SAXOVAT INSONIY FAZILATDIR
Noyabr oyining ikkinchi oʻn kunligi – Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida «Qizil yarim oy» jamiyati jamgʻarmasiga xayriya toʻplash oʻn kunligi
Davlat hokimiyati va mahalliy oʻz-oʻzini boshqaruv organlariga gumanitar va ijtimoiy sohalarda ixtiyoriy tarzda yordam koʻrsatish, millati, dini, jinsidan qatʼiy nazar, har bir shaxsning dardini yengillashtirish, ijtimoiy himoya qilish, aholining eng nochor qatlamlariga, jumladan, tabiiy va ekologik ofatlar, texnogen avariya, falokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarda xayriya va muruvvat yordami koʻrsatish, aholini insonparvarlik, mehr-oqibat hamda xalqaro «Qizil yarim oy» jamiyati harakati tamoyillari ruhida tarbiyalash, ularni jamiyatning insonparvarlik harakatiga jalb qilish maqsadida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston «Qizil yarim oy» jamiyati mamlakatimiz hayotida oʻziga xos oʻringa ega.
Jamiyat yolgʻiz qariyalar, mehnatga layoqatsiz shaxslar, Ikkinchi jahon urushi faxriylari, ijtimoiy kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlar, ota-onasiz yetim qolgan bolalarga gumanitar, tibbiy yordam koʻrsatishda, ularni parvarishlashda, ularga ijtimoiy-gumanitar xizmatlar koʻrsatishda koʻpgina savobli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Shu boisdan ham mamlakatimiz boʻylab har yili noyabr oyining ikkinchi oʻn kunligida Oʻzbekiston «Qizil yarim oy» jamiyati hisob raqamiga mablagʻ toʻplash xayriya oʻn kunligi oʻtkazib kelinmoqda.
Tumanimizda ham «Qizil yarim oy» jamiyati tuman tashkilotining hisob raqamiga mablagʻ toʻplash xayriya oʻn kunligini uyushqoqlik bilan oʻtkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlari boshlanib ketdi. Oʻn kunlikni uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida shu yilning 20-oktyabrida tuman hokimining farmoyishi qabul qilindi va farmoyishga muvofiq xayriya oʻn kunligini oʻtkazishda jamiyat tuman boʻlinmasiga koʻmaklashuvchi ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruh aʼzolari ayni kunlarda tumanimizdagi korxona, tashkilot, muassasalarda xayriya oʻn kunligining ahamiyati haqida keng targʻibot olib bormoqdalar va xayriya mablagʻlarini toʻplashga amaliy yordam koʻrsatishga shay turibdilar.
Shu oʻrinda, yurtdoshlarimizni koʻngilli tarzda jamgʻarmaga xayriya qilib, savobli ishlarga hissa qoʻshishga chaqiramiz.
Jumaboy YaVQAShEV, «Qizil yarim oy» jamiyati tuman boʻlinmasi ijrochi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶