KEÇIRIMLILIK INSONIY FAZILATDIR
Keçira oladigan inson eng kuçli insondir, degan donolarimiz gapini eşitganmisiz? Haqiqatan şunday. Menimça, birinçi bölib keçirim söragan inson ham kuçli. Öşa insonda insoniylik xislati ustun. Axir xatoni tan olişning özi ham bir jasorat. Baʼzida esa buning uçun ojizlik qilamiz. Yaqinlarimizning kiçkina xatosidan ham ranjib, keçirişni istamaymiz. Özimizning xatolarimiz esa közimizga körinmay, keçirim söraşni xayolimizga ham keltirmaymiz. Bu bilan katta xatoga yöl qöyganimizni bilmaymiz. Natijada kimimiznidir yöqotamiz.
“Meni keçirasizmi” yoki “keçiring” jumlasining tilingizdan yangraşi qaysidir riştalarni mustahkamlab, sizni yöqotişlardan asraydi. Kimdandir uzr söraş hamma aybni böyningizga oliş yoki özingizni yerga uriş degani emas. Aksinça keçirim söraş, keçirimli böliş eng oliy insoniy fazilatdir.
Kimdir könglingizni oğritsa, hukm çiqarişga şoşilmang. Axir atrofingizdagi har bir insonning hayotingizda öz örni bor. Atrofimizdagilar – hayotimizning bir bölagi. Ular ham qaysidir böşliqni töldirib turadi.
Arzimagan bahonalar sabab kimningdir köngliga ozor bermasligimiz, ginalarni unutişga harakat qilişimiz, riştalarni uzişga emas, mustahkamlaşga harakat qilişimiz kerak.
Şunda yaqinlarimiz safi kengayadi. Atrofimizdagi döstlarimizga mehr ulaşaylik, könglini ziyorat etaylik. Keçirimli bölaylik!
Manzura SAFARBOYeVA, 33-maktab psixologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶