BAĞRIKENGLIK, KEÇIRIMLILIK OILANI MUSTAHKAMLAYDI
Islom dinida oilaga katta eʼtibor berilib, uni qanday taşkil etiş, uning boşliği kim bölişi, aʼzolarining huquq va burçlari, farzandlar tarbiyasi, umuman, oilaviy hayotning barça masalalari atrofliça örganib çiqilgan va kerakli körsatmalar berilgan.
Oila quriş er bilan xotinning dinimiz hukmlari asosida döstlik, mehr- oqibat, hurmat, muhabbat, keçirimlilik, samimiylik kabi insoniy fazilatlar bilan hayot keçirişga ahdlaşuvidir.
Qurʼoni karimda nikoh va oila haqida 50 dan ortiq oyat bor. Rasululloh (s.a.v)ning hadisi şariflari bitilgan kitoblarda nikoh töğrisidagi hadislar alohida bölimlarni taşkil qiladi.
Ming afsus, keyingi paytda oilani asrab-avaylaş örniga, arzimas sabablar tufayli oilaviy ajralişlar köpayib borayotgani açinarli hol. Nikohni uzrsiz ajralişga olib keluvçi erkak va ayol Alloh taoloning buyruğini va Rasululloh (s.a.v)ning sunnatlarini ijro qilmagan kişi sanaladi.
Oilaviy munosabatlarning asosiy talablaridan biri oila qurgan har bir insonning jufti bilan inoqlik va mehribonlikda umr keçirişidir. Demak, hayotda oilaning bardavomligi birinçi navbatda er-xotinning özaro totuv yaşaşi, bir-birining yaxşi-yomon jihatlarini kötarişi, ayb va kamçiliklarini keçirişi, tinç-totuvlikni barpo etişlari bilan taʼminlanadi.
Rasululloh (s.a.v): “Sizlarning yaxşilaringiz ahli ayoliga yaxşi muomalada bölganlaringizdir. Men hammangizdan köra ahli ayoliga yaxşiroq muomala qiluvçingizman”, dedilar.
Oilani boşqariş jarayonida erkak kişining eng murakkab masʼuliyatlaridan biri, barça qöl ostidagilar, yaʼni xotini, farzandlarining moddiy va maʼnaviy taʼminotçisi bölişi bilan birga, oila tinç-totuvligini saqlaşdir.
Nikoh aloqasi boğlangandan keyin erkaklar zimmasiga köpgina masʼuliyatlar yuklangani kabi, ayollarga ham bir neça vazifalar yuklanadi. Kundalik hayotda kelinlardan oila aʼzolariga gözal muomalada böliş, oiladagi tartib-intizomga rioya qiliş, oila aʼzolarining munosabatlarini tuşunişga harakat qiliş, qaynota-qaynonani hurmat qilib, ularning xohiş-irodasiga qarşi bormaslik, oilaning boşqa aʼzolari bilan munosabat-muomalada çidamli, keçirimli, şirin-söz böliş talab etiladi.
Oilaviy turmuş bejizga “umr savdosi” deyilmagan. Bu savdo sotuvçi va oluvçining roziligi asosiga qurilsagina, ikki tarafga baravar foyda beradi. Yo sotuvçi faqat öz foydasini közlab, xaridor haqida öylamasa yoki aksinça bölsa, bu savdoning umri qisqa böladi.
Oila hayoti heç qaçon faqat şodu xurramlik, baxt-saodatdan iborat bölmaydi. Turmuşda ixtilof va taşvişlar, qiyinçilik va yetişmovçiliklar, musibat va ğam-anduhlar ham uçraydi. Er-xotin birgalaşib kuraşsagina ularni yengiş oson keçadi, oila xotirjamligi barqaror böladi.
Farzandining baxtli-taxtli bölib ketişini çin dildan istagan qaynonalar kelinini öz qizlari örnida körib, uning yangi oilaga könikib ketişida onadek yordam beradilar. Buning uçun kelin ham qaynona izmiga yurişi kerak. Qaynona bağrikenglik, kattalarga yaraşiqli mulohazakorlik bilan kelinni yölga solişi kerak.
Mehribon, irodali onalar yangi kelin bilan munosabatda özi yangi oila qurgan davrda duç kelgan muammolar yeçimini namuna tariqasida farzandlariga taqdim qiladi, özlari hayotlarida uçragan qiyinçiliklarni farzandlariga ravo körmaydilar va şuning uçun aççiq va alamli holatlarning oldini oliş çoralarini köradilar. Kelinning oila aʼzolari bilan qarindoşlik aloqalarini mustahkamlaydilar. Zero, qaynota-qaynonasining ota-onasiga samimiy hurmatini körgani sayin kelinning yangi xonadonga mehri ortib boradi.
Xato qilmaydigan odam yöq. Oilaning har bir aʼzosi ham özi bilib-bilmagan holda xato qilişi mumkin. Hindlarda: “Yaxşiliklar içidan yomonlikni topiş emas, balki yomonliklar orasidan yaxşilikni topa biliş fazilatdir”, degan maqol bor. Oila ahli bir-birining yaxşi tomonlarini tan olib, qadrlab, hurmatlasa, xatolarini keçiriş oson böladi.
A.Matsapoyev, “Yusuf eşon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶