28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:59
Salomatlik 👁 5,494

Ertaga – tibbiyot xodimlari kuni: XALQ SOFLOM BOʻLSA, EL-YuRT OBOD BOʻLADI

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholining salomatligini mustahkamlash, mehnatga qobiliyatlilik darajasini oshirish, tibbiy xizmat koʻrsatish madaniyatini yanada yuksaltirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida eng olis qishloq joylarda ham namunali tibbiyot maskanlari qad koʻtarib, zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan taʼminlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori esa joylardagi qishloq vrachlik punktlari faoliyatini zamon talablari darajasiga koʻtarish yoʻlidagi ezgu qadam boʻldi. Prezident Qaroriga muvofiq QVPlar faoliyati optimallashtirilib, qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etildi. Chunonchi, bizning tumanimizda faoliyat yuritayotgan qishloq vrachlik punktlari negizida 7 ta, yaʼni Qipchoq ovulida 1-sonli, Doʻrman ovulida 2-sonli, Oq oltin ovulida 3-sonli, Bobur nomli ovulda 4-sonli, Kuyuk koʻpir ovulida 5-sonli, Xitoy ovulida 6-sonli, Qilichboy ovulida 7-sonli qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etilib, Nazarxon ovulidagi Berdaq nomli va "Qangli” ovulidagi "Qangli”  QVPlar saqlab qolindi.

Shunisi eʼtiborga molikki, optimallashgan QVPlar bazasida shifokorlar uchun xizmat uylari tashkil etildi hamda aholiga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tegishli xonalar ajratilib, zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlandi.

Qishloq oilaviy poliklinikalarining qishloq vrachlik punktlariga nisbatan aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish maqsadida qoʻshimcha ravishda terapevt, pediator akusher-ginekolog, jarroh, UTT jihozi mutaxassisi kabi shtat birliklari tashkil etilib, tor doiradagi mutaxassislarning faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Mazkur oilaviy poliklinikalarga oʻzida yetishmaydigan mutaxassislar oʻrnini toʻldirish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi va koʻp tarmoqli poliklinikasi mutaxassis shifokorlari biriktirib qoʻyildi. Natijada avvallari jarroh yoki ginekolog-shifokor koʻrigidan oʻtish yoki UZI apparati tekshiruvdan oʻtish uchun qishloq aholisi tuman markaziga qatnaydigan boʻlsa, endilikda ular qishloq oilaviy poliklinikalari faoliyatidan samarali foydalanish imkoniga ega boʻldilar.

Bugungi kunda tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi, 7 ta qishloq oilaviy poliklinikasi hamda 2 ta qishloq vrachlik punktlari har kuni ertalab soat 8 00dan kechqurungi soat 20 00 gacha xalqimiz salomatligini mustahkamlash yoʻlida faoliyat yuritmoqda.

Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishda "Tez tibbiy yordam” boʻlimining tutgan oʻrni muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, aholi sogʻligiga jiddiy ziyon yetkazuvchi va hayotiga xavf tugʻdiruvchi, yaʼni toʻsatdan kelib chiqadigan kasalliklar hamda surunkali kasalliklar, baxtsiz hodisalar, har xil shikastlanishlar, ovqatdan zaharlanish, homiladorlik, tugʻruq holati sodir boʻlgan vaqtda tez va sifatli, vaqtida tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida "Tez tibbiy yordam” boʻlimida kecha-kunduz barcha yoshdagi bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Barcha qulayliklarga ega "Tez tibbiy yordam” boʻlimi yangi zamonaviy binoda joylashgan boʻlib, 2017-yilda kosmetik taʼmirdan chiqarildi. Boʻlim tasarrufidagi 7 ta aholiga birlamchi tez tibbiy yordam koʻrsatish shoxobchalari – Berdaq, Qipchoq, "Toʻlqin”, "Oq oltin”, "Oʻzbekiston”, Xitoy hamda Qilichboy shoxobchalari hamda Mangʻit shahridagi 3 ta tez tibbiy yordam koʻrsatish postlari, 1 ta reanimobil brigadasi aholiga namunali tez tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Aholiga birlamchi tez tibbiy yordam koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan yangi tibbiy asbob-uskuna, anjomlar va EKG apparatlari olib kelinishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16 martdagi "Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan tumanimiz aholisiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada yuqori pogʻonaga koʻtarish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga koʻra, tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi shoshilinch tibbiy yordam boʻlimida oʻrinlar soni 40 taga yetkazildi.

Tumanimizning chekka qishloqlarida faoliyat yuritayotgan qishloq vrachlik punktlari aholi sogʻligini mustahkamlash, turli xil yuqumli kasalliklar kelib chiqishining oldini olishda muhim oʻrin tutadi. Bu borada oʻz faoliyatlarini davom ettirayotgan Nazarxon ovulidagi Berdaq QVP bilan "Qangli” ovulidagi "Qangli” QVPlarning mutaxassis-shifokorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga loyiq. "Qangli” qishloq vrachlik punkti 8184 nafar aholiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. "Nazarxon” ovulidagi Berdaq QVP esa 4349 nafar aholiga xizmat koʻrsatadi.

Optimallashtirilgan QVPlar bazasida tashkil etilgan qishloq oilaviy poliklinikalari bugungi kunda qishloq aholisi uchun qulay va ishonchli tibbiy xizmat koʻrsatish maskanlariga aylanib ulgurdi.

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan 7 ta qishloq oilaviy poliklinikalariga qisqa vaqt, 5 oy davomida 217421 ta qatnov amalga oshirilib, 651 nafar bemorga tuman tibbiyot birlashmasi hamda boshqa tibbiy muassasalarda davolanishlari uchun yoʻllanmalar berildi va 502 nafar bemor shifoxonalarga yotqizildi.

Aholini fizioterapevtik davolash muolajalari orqali sogʻlomlashtirish, bolalarni turli kasalliklarga qarshi emlash ishlari oʻz vaqtida olib borilishida ham qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalarining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Chet davlatlarda boʻlib qaytgan fuqarolarni zudlik bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, agar biron bir kasallik aniqlangan taqdirda ularni sogʻlomlashtirish, reabilitatsiya markazlariga yoʻllanma berish, yoshlarning erta turmush qurishining, yaqin qarindoshlar nikohining oldini olish, oilalarda sogʻlom farzandlar tugʻilishini taʼminlash maqsadida profilaktik tadbirlar olib borish hamda aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish bugungi tibbiyot tizimi mutaxassislari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari hamda qishloq oilaviy poliklinikalari shifokorlarining muhim vazifasidir.

Chunki xalqimiz sogʻlom boʻlsa, oilalarimiz tinch, oilalarimiz tinch va osoyishta boʻlsa, el-yurt obod, avlodlar barkamol boʻladi.

Fursatdan foydalanib, uzoq yillar el-yurt salomatligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilgan barcha faxriylarni, oʻz bilim va tajribalari bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan ustoz shifokorlarni va barcha hamkasblarimni 12-noyabr – tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman. Barchalarining  oilalariga totuvlik, sogʻlik va xotirjamlik tilayman.

Kasb bayramingiz qutlugʻ boʻlsin, qadrli salomatlik posbonlari!

Endirboy ABDULLAYeV, 

tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026