28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:19
👁 3,241

OBODLIK – HAR KIMNING EZGU AMALI

OBODLIK – HAR KIMNING EZGU AMALI

Mahalla – Vatan ichra kichik Vatandir. Bu makon – mahallaning obodligi - ona Vatanning obodligi, tom maʼnoda mamlakat va millat farovonligidir. Yurtboshimiz I.A.Karimov obodlik tushunchasiga alohida urgʻu berib: "obodlik deganda, xalqimiz, millatimiz nafaqat koʻrkam va chiroyli, shu bilan birga, tinchlik va osoyishtalik, oʻzaro mehr-oqibat, ahillik, qut-baraka hukmron boʻlgan joylarni tasavvur qiladi”, - deganlarida aynan ana shu – barchamizning qalbimizga yaqin goʻsha – mahallani nazarda tutgan edilar. Vaholanki, yuzlab, minglab oilalar ostonasidan boshlanadigan mahallamiz zamini biz uchun har narsadan ulugʻ va muqaddas. Biz ana shu muqaddas zaminda tugʻilganmiz, uning barcha neʼmatlaridan bahramand boʻlib ulgʻayganimiz, emin-erkin yashab, shu aziz tuproqqa bir daraxtday ildiz qoʻyganmiz. Mahallamiz zaminining obodligi uchun fidoyilikni eng avvalo oilamizdan boshlashimizning boisi ham shundan.

Mahalla institutini rivojlantirish ijtimoiy hayotdagi muammolarni hal etishda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada jonlantirish mustaqillik yillarida davlatimiz siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Chunki mamlakatning har jihatdan taraqqiy etishi uchun mehnat maydonlarida fidoyilik koʻrsatuvchi xalq mahallada yashaydi, ijod qiladi, yangiliklar yaratadi. Kelajagimiz egalari boʻlgan barkamol avlodni voyaga yetkazishdek sharafli vazifani amalga oshiradi. Shu tufayli muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda: "bugungi mahalla har jihatdan obod, koʻrkam va yuksak darajadagi infratuzilmaga ega boʻlishi” zarur.

"Obod turmush” yili Davlat Dasturi doirasida mahallalarimizni yanada koʻrkam va obod goʻshaga aylantirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2013-yil 12-yanvarda maxsus bayonnomasi qabul qilindi. Ushbu bayonnomaga muvofiq "Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mahallalarga biriktirilgan vakillarning hududdagi mavjud muammolarni oʻrganish hamda aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi” ishlab chiqildi hamda Respublika miqyosidagi barcha mahallalarga zarur tavsiyalar berildi.

Ushbu tavsiyalarga muvofiq tumanimizdagi barcha OFY va MFYlarga biriktirilgan masʼul xodimlar fuqarolar yigʻinlari raislari va profilaktika nozirlari bilan birgalikda mavjud muammolarni oʻrganish va hal etishni allaqachon boshlab yubordilar. Xususan, mahallalar hududlariga kiruvchi uylarning, shu jumladan koʻp qavatli uylarning holatini oʻrganish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon egalarining fikr va mulohazalari hamda turmush tarzi bilan yaqindan tanishib, ularning savollariga javob berish, hududda obodonlashtirish ishlarining ahvoli qay darajadaligini aniqlash asnosida yechimini kutayotgan muammolarni mutasaddi rahbarlar bilan hamkorlikda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishning xalqqa manzur va maqbul jihatlariga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.

Shu yilning 19-fevral kuni "Choykoʻl" ovulida boʻlib oʻtgan uchrashuvda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla qoʻmitalari raislari, imomlar, fermer xoʻjaliklari raislari, shuningdek aholi vakillari ishtirokida yigʻin hududidagi mavjud muammolarni hal etish borasida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Uchrashuvda hududda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, sanitariya holatini, obodonlashtirish ishlarini jonlantirishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorliknikuchaytirish, muammolarni oʻrganish va bartaraf qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bu kabi ezgu ishlarga kirishish va mahalla institutini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tumanimizdagi barcha OFY va MFY rahbarlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2013-yil 12 yanvardagi maxsus bayonnomasiga muvofiq ishlab chiqilgan tavsiyalar berildi.

Xoʻsh, bu tavsiyalarning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?

Unga koʻra, yuqorida taʼkidlaganimiz kabi mahallalarga biriktirilgan masʼul xodimlar hamda yigʻin oqsoqollari va raislar doimiy ravishda mahalla ahli bilan uchrashib turadilar va yechimini kutayotgan muammolarni hal etish chora-tadbirlarini koʻradilar. Bundan tashqari, mahalla hayotiga oid muammolarni toifalarga boʻlib, ularning yechimini taʼminlash maqsadida oylik, haftalik, choraklik va yillik rejalar ishlab chiqadilar. Mahalla kuchi(koʻproq hashar) bilan qilinadigan, tuman hokimligiga oid masalalarni hal etishni tashkillashtiradilar. Xususan, ishsizlikni bartaraf etish, kommunal, soliq va majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash, aholi xavfsizligini taʼminlash, hududda pasport rejimiga rioya etish, sanitariya madaniyatini yuksaltirish, irrigatsiya tarmoqlari holatini yaxshilash, aholi turar joylarida fuqarolar tomonidan boʻsh yotgan yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallash, har xil noqonuniy qurilishlar qilish, ayniqsa, koʻp qavvatli uy-joylarning ichki arxitekturasiga oʻzgartishlar kiritishga chek qoʻyish, toʻy-tantanalar hamda dafn marosimlarini isrofgarchiliksiz oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal etish yuqorida biz tilga olgan tavsiyalarning asosini tashkil etadi.

Eʼtiborli tomoni shundaki, ushbu tavsiyalar asosida ish olib boruvchi fuqarolar yigʻini maʼmuriyati yigʻin hududida amalga oshirilayotgan kompleks tadbirlar ijrosini nazorat qilish Kitobini yuritadi hamda har bir qilingan ish yuzasidan maʼlumotlar ushbu Kitobga qayd etib boriladi.

Mahalla Kitobi – mahalla ahli turmush tarzini aks ettiruvchi oyna. U tom maʼnoda mahallaning kundaligi – ezgu ishlar, yangi rejalar, muammolarni hal etish yoʻlida taraqqiyot sari qoʻyiladigan qadamlar qaydnomasi. Eng muhimi, tugʻilgan yerga muhabbati baland mahalla ahlining orzu-umidlari bitiladi unga.

Tugʻilgan yering – ota makoning, - deydilar. Ota makoningning qiyofasi bu - sening maʼnaviy qiyofang. Demak, oilamiz ostonasidan boshlanadigan, kindik qonimiz toʻkilgan Vatan tuprogʻini gullab-yashnatish, mahallamizni har jihatdan koʻrkam va obod goʻshaga aylantirish, elu yurtning koʻrki, Ona Vatanning kelajagi boʻlgan yosh avlodni har jihatdan yetuk va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish – har birimizning, burchimizdir. Bu burchga sadoqat oilamizning totuvligida, hayotimizning toʻkisligida, urf-odatlarimizning, maʼnaviy qadriyatlarimizning goʻzalligida, qoʻni-qoʻshni, tugʻishgan-qardoshga mehr-oqibatimizda, hovli va uylarimizning fasadi koʻrkam, koʻcha va guzarlarimizning orastaligida, turmush tarzidan koʻngli toʻq xalqimizning obodon hayotida namoyon boʻladi.

Azizlar, biz sharqona, goʻzal urf-odatlarni oʻz feʼlida mujassam etgan, soʻzida sobit, fikrida mardona Oʻzbekmiz. Bizning xalq hech qachon oʻzganing siltovi, yuqorining buyrugʻi bilan oʻzgarishlar qilishga odatlanmagan. Oilasidan boshlangan goʻzal oʻzgarishni avvalo mahallasiga, keyinchalik mamlakat miqyosiga olib chiqqan, mustaqillikning ezgu gʻoyalariga hamohang turmush tarzini shakllantirgan xalqmiz. Demak, oʻz uyi, mahallasi, kindik qoni tomgan zamin – ona Vatan taraqqiyoti uchun masʼullik tuygʻusi bor ekan, oila – mahalla – Vatan obodligi uchun har lahzada bir ezgu qadam qoʻyiladi. Zotan, obodlik – har birimizning ezgu amalimiz!

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

"www.amunews.uz" veb-sayti muxbirlari.

(Foto- http://fikr.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026