Qisqa satrlarda
BOLALAR IJODIYoTI FESTIVALI
Yaqinda 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida va 16-sonli umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashi qoshidagi "Kamalak” bolalar tashkiloti, tuman xalq taʼlimi, madaniyat boʻlimlari hamkorligida "Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqichi oʻtkazildi.
6 ta yoʻnalish boʻyicha 6-14 yoshli bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan ushbu festival koʻplab qobiliyatli bolalarning oʻz iqtidorlarini namoyish etishlariga imkoniyat yaratib berdi.
KONSTITUTsIYaMIZGA BAGʻIShLANGAN TARGʻIBOT TADBIRI
17-noyabr kuni Amudaryo akademik litseyida tuman prokuraturasi va IIB xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Amudaryo akademik litseyi oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan ushbu tadbirda tuman prokurorining katta yordamchisi S.Uzoqberganov, tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari, mayor A.Qurbaniyozov va akademik litseyning ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi 306-guruh oʻquvchisi D.Karimboyevalarning Konstitutsiyamiz haqidagi maʼruzalari tinglandi.
BAYROGʻIMIZ – GʻURURIMIZ
Davlatimiz ramzlaridan biri boʻlgan Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga bu yil 26-yil toʻladi. Shu munosabat bilan tumanimizdagi Amudaryo akademik litseyida "Bayrogʻimiz – gʻururimiz” deb nomlangan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni litseyning huquqshunoslik fani oʻqituvchisi Sh.Ab-dullayev ochib berdi va ishtirokchilarga Davlatimiz bayrogʻi oʻzida juda katta maʼno mujassam etganligini taʼkidladi.
Qiziqarli oʻtgan tadbir davomida oʻquvchilar Davlat bayrogʻi haqidagi bilimlarini yanada kengaytirdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶