Tozalik va ozodalik partiya nazoratida
Oʻzbekiston "Adolat” sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi dasturida partiya sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan dasturlarida faol ishtirok etishi belgilab qoʻyilgan.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Siyosiy Kengash Markaziy apparati tomonidan "Tozalik yoʻlida birlashaylik” loyihasi ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi xonadonlar, mahallalarning ozodligiga erishish, ayniqsa, yosh avlod ongida atrof-muhitning tozaligini saqlash koʻnikmasini shakllantirish, har bir tashkilot va muassasaning oʻz hududini toza saqlashda mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish, sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilash orqali aholi salomatiligi saqlash, shuningdek, hududlar ozodaligi yoʻlida koʻngilli ishtirokchilarini keng jalb etishdan iborat. Shuningdek, fuqarolarda tozalash-obodonlashtirish ishlariga, soha fidoyilarining mehnatiga va yaratilgan sharoitlariga hurmat, daxldorlik hissini uygʻotish, belginalmagan joylarga chiqindilar tashlanishining oldini olishga qaratilgan tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish va bu borada jamoatchilik fikrini shakllantirish ham loyihaning maqsadlaridan hisoblanadi.
Ushbu loyiha rejalariga muvofiq partiyaning tuman Kengashi tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 25-noyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining deputatlari Rimboy Oʻrozbayev, Zamira Saparova, Ilhom Polvonovlar tumanimizdagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib, maktab hududining va oʻquv binolarining ozodaligi va tozaligi, oʻquvchilar davomati, dars oʻtish jarayoni, maktabda kuz-qish mavsumini koʻngildagidek oʻtkazish yoʻlida yaratilgan sharoitlarni oʻrgandilar.
Oʻtkazilgan oʻrganish davomida sinfxonalar saranjom-sarishtaligini taʼminlash, dars boshlanguncha va tugagandan keyin uni tartibga keltirish, maktab hududini obodonlashtirish va tozalikka rioya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabining tasviriy sanʼat toʻgaragi oʻquvchilari ishtirokida 38-sonli maktabda "Tozalik yoʻlida birlashaylik” mavzusida tozalik, ozodalik, orastalikni targʻib etuvchi rasmlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada namoyish etilgan suratlar oʻquvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶