Obod turmush yili yangiliklari
Kuzgi bugʻdoy ekishga tayyorgarlik
Bu yil tumanimizda 2800 gektar yerga kuzgi bugʻdoy ekish rejalashtirilgan boʻlib, ayni kunda ekin maydonlarida yerlarni tekislash, chel olish va sugʻorish ishlari jadal olib borilmoqda.
Kuzgi bugʻdoy ekishga tayyorgarlik ishlari Qipchoq, Doʻrman, Xolimbeg Qilichboy va Oʻrta qalʼa ovullaridagi fermer xoʻjaliklarida namunali tashkil etilmoqda.
Yangi oʻquv yiliga shay
Tumanimizda taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilganligi bois, bu boradagi ishlar barvaqt yakunlanmoqda.
Bu yil 12-,40-sonli umumtaʼlim maktablarida kapital taʼmirlash, 56-, 77- va 19-sonli maktablarda esa kapital rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirilib, bu ishlarga jami 1763 million soʻmlik mablagʻ sarflandi.
Tumandagi boshqa maktablarda ham joriy taʼmirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, yangi oʻquv yiliga toʻla shay qilib qoʻyildi.
"Hayot uchun!” aktsiyasi
Shu yilning 5-10-avgust kunlari oraligʻida tumanimizda "Hayot uchun!” aktsiyasi oʻtkazilib, unda 35 yoshdan 49 yoshgacha boʻlgan ayollar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Koʻkrak bezi saratoni va ayollarning reproduktiv organlaridagi oʻsma kasalliklarni erta aniqlash maqsadida oʻtkazilgan bu tibbiy koʻrikda 945 nafar ayollar ishtirok etishdi.
"Salomatlik-3” loyihasi boʻyicha
Yaqin kunlar ichida tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga va koʻp tarmoqli poliklinikaga "Salomatlik-3” loyihasi boʻyicha 2 ta zamonaviy raqamli kompyuterlashtirilgan rentgen apparatlari oʻrnatilishi rejalashtirilmoqda.
Bu ishlar amalga oshirilgach inson tanasida uchraydigan har xil kasalliklarga aniq tashxis qoʻyish imkoniyati yanada oshadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶