UNNING NARXIDAN NOROZI XARIDORNING TALABI QANOATLANTIRILDI
Tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqarolarning ishonchi tobora ortib bormoqda. Shu yilning 5-dekabr kuni Xolimbeg ovulida istiqomat qiluvchi fuqaro Muhabbat Saidjonova jamiyatga murojaat qilib, xaridor sifatida oʻz huquqi buzilganligini maʼlum qildi.
Bu haqida jamiyatning Facebook tarmogʻidagi “Amudaryo iste’molchilari jamiyati” sahifasida maʼlumot berilgan.
Murojaatda aytilishicha, M.Saidjonova doʻkondan bir qop un xarid qilmoqchi boʻlib, narxini soʻraganida, sotuvchi naqd pulda boshqa, bank plastik kartochkasi uchun boshqa narxni aytgan. Unning narxi davlat bahosidan ancha yuqoriligini aytganida sotuvchi xaridor M.Saidjonovaga qoʻpol javob qaytargan.
M.Saidjonovaning murojaati tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganib chiqilib, fuqaroning isteʼmolchi sifatidagi huquqi tiklandi. U unni davlat bahosida xarid qildi va bundan mamnun ekanligini izhor etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶