28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:00
Fan va taʼlim 👁 417

Kelajak uchun muvaffaqiyatli kasb-hunarlarni egallash – davr talabi

Kelajak uchun muvaffaqiyatli kasb-hunarlarni egallash – davr talabi

Mamlakatimizda yoshlarning kasb-hunar oʻrganishi, amaliy koʻnikmaga ega boʻlishi va zamonaviy mutaxassis sifatida shakllanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi saʼy-harakatlar joylardagi kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. Xususan, Amudaryo tumani 2-sonli politexnikumi nafaqat oʻquvchilarga kasb oʻrgatish, balki ularning hayotiy yoʻlini toʻgʻri tanlashlariga koʻmaklashishda ham faollik koʻrsatmoqda.

Politexnikumda oʻtkazilgan navbatdagi “Kasblar festivali” hamda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari muassasaning taʼlim salohiyati va kasbiy yoʻnalishlardagi imkoniyatlarini keng jamoatchilikka namoyish qilishda muhim platforma vazifasini oʻtadi.

Tadbirda tuman prokuraturasi xodimlari, barcha umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf bitiruvchilari, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi psixologlari, oʻqituvchilar, ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbirni politexnikum direktorining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari Jasurbek Atajonov kirish soʻzi ochib, mamlakatimizda kasb-hunar taʼlimiga berilayotgan eʼtibor, yoshlarni mutaxassis sifatida yetishtirishdagi davlat siyosati xususida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, taʼlim muassasasida mavjud boʻlgan yoʻnalishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbir avvalida oʻtgan oʻquv yilida bilim va faoliyati bilan yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilar tantanali ravishda taqdirlandi.

Ishtirokchilar maxsus bezatilgan hovlida tashkil etilgan koʻrgazmalar, toʻgaraklar va ishlab chiqarish ustaxonalari faoliyati bilan tanishdilar.

Politexnikumdagi zamonaviy oʻquv va amaliyot xonalari, laboratoriyalar, kompyuter va multimedia sinflari, maxsus kasb-hunar xonalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Oʻqituvchilar va amaliyot ustalari ishtirokchilarga taʼlim muassasasidagi imkoniyatlar haqida maʼlumot berib, kasb-hunar taʼlimi jarayonini namoyish etdi.

Festival doirasida politexnikumda tahsil olayotgan chevar qizlar tomonidan tayyorlangan milliy va zamonaviy liboslar koʻrgazmasi ham oʻtkazildi. Shuningdek, madaniy-maʼrifiy kontsert dasturi, raqslar va ijodiy chiqishlar tadbirga bayramona ruh bagʻishladi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, politexnikum Qoraqalpoq davlat universitetiga biriktirilgan boʻlib, oʻquv jarayoni milliy va xalqaro standartlarga mos ravishda olib boriladi.

Muassasada 37 nafar oliy maʼlumotli oʻqituvchi, shu jumladan, 2 nafar bosh oʻqituvchi, 11 nafar yetakchi oʻqituvchi va 10 nafar katta oʻqituvchi faoliyat olib boradi. Shu bilan birga, 30 nafar umumkasbiy amaliyot ustalari ham taʼlim jarayonida ishtirok etishadi.

Politexnikumda oʻquvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy taʼlim infratuzilmasi, innovatsion yondashuv va yuqori malakali mutaxassislar ishtirokidagi oʻquv jarayoni bu yerda taʼlim olishni yanada samarali qiladi. Muassasa hududida 150-oʻrinli ishlab chiqarish ustaxonalari, faollar va sport zallari, ochiq sport maydonchalari, lingafon xonalari, maxsus kasb-hunar xonalari, zamonaviy laboratoriyalar mavjud boʻlib, ular oʻquvchilarning nazariy bilimlarini amaliy mashgʻulotlar bilan boyitish va tanlagan kasblariga boʻlgan qiziqishlarini rivojlantirish imkonini beradi.

Shuningdek, zamonaviy texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlangan ustaxonalar, kompyuter va multimedia sinfxonalari orqali oʻquvchilar yangi texnologiyalar bilan ishlashni amalda oʻrganadilar. Har bir oʻquvchi uchun individual yondashuv, interfaol darslar va koʻrgazmali taʼlim usullari qoʻllaniladi.

Politexnikumning asosiy maqsadi – muhandislik va texnik sohalarda oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlashdan iborat. Bundan tashqari, oshpazlik va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining maishiy masalalari menejeri kabi yoʻnalishlarda dual taʼlim shakli joriy qilingan boʻlib, ish beruvchilar bilan hamkorlik asosida oʻquvchilar ishlab chiqarish jarayoniga jalb etiladi. 2025-2026 oʻquv yilida Amudaryo tumani 2-sonli politexnikumi boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha 9-sinf bitiruvchilari uchun avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish, payvandlovchi, oqava suv va suv taʼminoti tizimlaridan foydalanish va montaj qilish ustasi, maishiy texnika jihozlariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, oshpazlik, yakka tartibda kiyim tikuvchi hamda raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi yoʻnalishlarida taʼlim olish imkonini taqdim etadi.

Shuningdek, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkiloti uslubchisi, kutubxonashunoslik va bibliografiya, sport faoliyati hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining maishiy masalalari menejeri kabi yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.

Politexnikumda taʼlim oluvchilar oʻz mutaxassisliklari boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlishlari uchun ishlab chiqarish korxonalari va muassasalar bilan hamkorlik oʻrnatilgan. Bundan tashqari, bitiruvchilar oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar asosida oliy taʼlimning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirish imkoniga ega boʻladilar.

Shu bilan birga, politexnikum turli ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilgani sababli, bitiruvchilar uchun mehnat bozorida ishga joylashish imkoniyatlari ancha kengdir. Kasbga ega boʻlgan yoshlar davlat va xususiy sektorda, startaplarda va hatto oʻz bizneslarini boshlashda katta ustunlikka ega boʻladilar.

Ishtirokchilar tadbir orqali kelajakdagi kasb tanlovi oldidan kerakli maʼlumotlarga ega boʻlish, oʻzlarini qiziqtirgan yoʻnalishlarni koʻzdan kechirish, ustozlar bilan bevosita muloqotda boʻlish imkoniga ega boʻldilar. Koʻrgazmali vositalar, oʻquvchilarning ishlari, interaktiv mashgʻulotlar orqali ularda kasbga boʻlgan qiziqish va ishonch mustahkamlandi.

Shuningdek, tadbir doirasida bitiruvchilarning ishga joylashuvi, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari, amaliyot tizimi haqida ham maʼlumotlar berildi.

Bir soʻz bilan aytganda, bu kabi tadbirlar nafaqat oʻquvchilarning kasbga boʻlgan ishtiyoqini oshiradi, balki ularni hayotga tayyorlaydi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishga undaydi.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026