DARS SAMARADORLIGI OŞADI
Joriy öquv yilida xalq
taʼlimi sohasiga tatbiq etilgan "Örgan, örgat” yönalişi doirasida tumanimizdagi
barça taʼlim muassasalarida turli tadbirlar ötkazilmoqda.
Mazkur yönaliş
talablarini bajarişda bizning 83-maktab-boğça majmuamizga 56-maktab-boğça majmuasi yondoş taʼlim maskani qilib belgilangan edi. Yönaliş talablariga
muvofiq ikkala muassasa hamkorligida yaqinda 83-maktab boğça majmuasida
bölib ötgan tadbir ham öylaymizki, taʼlim samaradorligini oşirişda muhim rol
öynaydi. Ikkala maktab-boğça majmuasi rahbarlari hamkorlikda işlab çiqqan
rejaga muvofiq ingliz tili fani öqituvçisi Ibodat Ermetovaning darsi kuzatildi.
Öquvçilar dars davomida berilgan maşq-topşiriqlarni yaxşi bajarişib, matnlarni
tarjima qilişdi. Keyingi maşğulot "Döstlik – buyuk neʼmat” deb nomlanuvçi
tarbiyaviy soat edi. Öquvçilar öqituvçining döstlik qadr-qimmati haqidagi
fikrlarini, döstlikka oid hikmatli sözlarini qunt bilan tinglagaç, şu
mavzu doirasida savol-javoblar orqali
ularning erkin fikrlari tinglandi. Öquvçilarga "Döstlik bu... deb yozilgan qoğoz
tarqatildi. Va uşbu sözni davom ettiriş topşirildi. Oçiq dars kuzatuvçilari
öquvçilarning döstlik haqidagi fikrlarini öqib körişib, bolalarning bu boradagi
mulohazalarini, oçiq-oşkora bayon qila olganliklariga qoyil qolişdi.
Şuni taʼkidlaş kerakki,
öquvçilarning dunyoqaraşini kengaytirişda, fikrlarini erkin ayta oliş
qobiliyatini şakllantirişda va köproq öqib-örganişga iştiyoq uyğotişda buningdek
oçiq dars maşğulotlarning hissasi katta.
Dilbar REYIMBOYeVA,
83-maktab-boğça majmuasi
direktori örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶