OILANING USTUNI
"Tölqin" ovuli markazidagi fayzli bir xonadonga kirib borar ekanmiz, "mehnatdan kelsa boylik – turmuş bölar çiroylik”, degan maqol bejiz emasligiga amin böldim.
Xonadon sohibasi - yuzlaridan nur yoğilib turgan Karima hoji ona bizni oçiq çehra bilan qarşi oldi. Farzandlar kamolini körib, pir-u badavlat keksalik gaştini surayotgan onaxon 1947-yil "Tölqin” ovulida tuğildi. Suyagi mehnatda qotgan Karima ona esini taniganidan buyon dehqonçilik uning hayoti mazmuniga aylangan.
1966-yilda özi kabi mehnatkaş ovul yigiti Ahmad aka bilan turmuş qurdi. Ahmad aka bir umr ovulda mexanik bölib xizmat qildi. Bu davrda tuğilgan farzandlar ham ota-onasi kabi mehnatsevar bölib voyaga yetişdi. Ular 8 nafar farzandlarining barçasi öqimişli bölişini orzu qildi va bunga erişdilar.
Katta farzandi Köklan Kudenov Odessa Farmatsevtika Institutining farmatsevtika fakultetini bitirdi va malakali dorişunos bölib yetişdi. Şu örinda bir narsani aytib ötişni istar edimki, "Köklan aptekaçi” degan nomni bugungi kunda tumanda bilmaydigan odam bölmasa kerak. Dardiga darmon izlovçi xasta kişilar uçun uning dorixonasi najot eşigi bölib körinadi. Xuşmuomala, bilimdon bu dorişunos-şifokor qançadan-qança xasta köngillarga malham bölmagan deysiz.
Öğli Rustam "Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tuman bölimida hisobçi bölib xizmat qilmoqda. Hurliqo va Gulnora ham uning izidan borib, hisobçi bölib yetişdilar. Raşid Samarqand davlat Universitetining kimyo-biologiya fakultetini bitirib, hozirgi kunda dorişunos bölib işlayapti.
Oilaning keyingi farzandlari Xurşid, Jamşid, Bahodir ham tumanimizda farmatsevtika sohasida faoliyat yuritişmoqda. Ular ham Köklan akasining kasbiga mehr qöyişgan.
Oiladagi 6 öğil, 2 qizning barçasi öqimişli, el koriga yaragan, özlariga yetarli obröga ega bölib yetişdilar. Bunday barkamollikning orqasida Ahmad ota va Karima hoji onalarning fidoyiliklari mujassam.
Karima ona paxta dalasida mehnat qiliş bilan birga xonadon tomorqasida dehqonçilik qilar, Ahmad ota ertadan keçgaça el xizmatida, qişloqda mexanik bölib işlar edi. Bu orada böy körsatgan farzandlar ham ota-onaga eng yaqin kömakdoş böla boşladilar. Farzand tarbiyasini muhim deb bilgan ota-ona ularni odamiylikka oşno, mehnatsevar qilib östirdi, har bir işni pişiq-puxta bajarişga örgatdi.
Yillar şu tarzda ötaverdi, farzandlar birin-ketin oliy öquv yurtini tamomlab, mustaqil faoliyat yurita boşladi, ota-ona ularni oilali, uyli-joyli qilişdi. Endi bu xonadon faqat mehnatsevar, oçiq köngilligi bilan emas qöni-qöşni, ovul örtasida öqimişli farzandlari bilan ham obrö-eʼtiborga ega böla boşladi.
Tösatdan oila boşliğining vafoti ona va farzandlarini esankiratib qöydi, ona özini qölga oldi, farzandlariga ibrat bölib, oilani boşqara boşladi, endi u ham ota, ham ona, katta oilaning ustuni edi.
- Taqdir ekan, endi payğambar yoşiga yetgan edi, - deya xörsinadi onaxon.
Ayol xonadon fayzi, obodonligi ramzi. Karima ona köp yillar paxta dalasida, keyinçalik 10-yil davomida bolalar boğçasida işladi. Oila sarmoyasi birmunça töplanganidan keyin farzandlari bilan bamaslahat Manğit şahrida gözallik salonini işga tuşirib, tört nafar qizni iş bilan taʼminladi.
Ovul markazida haşamatli töyxona qurdirib, unga "Ahmedova Diana” deb nom berdi, endi ovuldagi töy va quvonçli marosimlar şu töyxonada ötkazila boşladi.
Töyxonada 8 nafar ovul yoşlari iş bilan taʼminlandi.
Makkai Mukarrama, Madinai Munavvarani ziyorat qiliş har bir musulmonning orzusi, bu orzuga erişiş ham baxt. Karima onaga ham şunday baxt nasib yetdi. 2011-yilda Muborak Haj ziyoratiga borib, hoji ona böldi.
Tinib-tinçimagan onaxon öğillariga boş bölib töyxona yonida tikuvçilik tsexini işga tuşirdi, 7 nafar qişloq qizlarini iş bilan taʼminlaşdi. Hozirgi kunda katta farzandi Köklan aka Manğit şahrida haşamatli 2 qavatli dorixona binosi qurdirib, işga tuşiriş arafasida, dorixonaning şundoqqina yonboşida gözallik saloni faoliyat yuritmoqda.
8 nafar farzand, 6 ta kelin, 2 nafar kuyov, 23 nafar nevara ardoğida, tökin-soçinlikda, baxtiyor yaşayotgan bu onaxonga uzoq umr, yaxşi niyatlar bildirib xayrlaşar ekanmiz, Muborak Ramazon oyida bölgan bu ziyoratdan mening ham könglim kötarildi: bu oyda qilingan barça yaxşi işlar savobga aylanişidan, qilingan barça ezgu tilaklar ijobat bölişidan, kamtarin, şirin sözligi, obrösi bilan el hurmatini qozonib yaşayotgan, qalbi ezgulikka oşno Karima hoji ona va uning farzandlari kabi hamyurtlarim borligidan suyundim.
Feruza RAZZOQOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶