Jamiyat
👁 904
2019-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan faqat tadbirkorlik subʼektlari shugʻullanadi
2017-yil 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.
Qarorga koʻra, 2018-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holati tadbirkorlik subʼektlari — yuridik shaxslar tomonidan ham tekshirilishi mumkin.
2019-yil 1-yanvardan boshlab esa jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish faqat tadbirkorlik subʼektlari — yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶