Oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatilmoqda
Mamlakatimizda kam taʼminlangan, ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda.
“Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi mahalla faxriylari, kam taʼminlangan oilalar, nogiron hamda boquvchisini yoʻqotgan oilalarga Yangi yil bayrami kunlarida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar hamda “Amudaryotex” MChJ tomonidan umumiy qiymati bir million soʻm miqdorida sovgʻalar topshirildi.
MFY raisi A.Saburov va fuqarolar yigʻini masʼullari xomiylar ishtirokida jami oʻttizta xonadonga ushbu sovgʻalarni tarqatdi.
Mahalla fuqarolar yigʻini kelgusida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish va yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali oilalarning moddiy farovonligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olgan.
Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶