XUDOYBEPDI TOʻXTABOYeV TAVALLUDIGA BAGʻIShLANDI
Oʻsib kelayotgan yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb qilish, ular qalbida mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida 8-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev asarlarini oʻrganamiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Ayni kunlarda 85 yoshga toʻlgan bolalar yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev ijodiga bagʻishlangan mazkur davra suhbatida oʻquvchilar yozuvchi qalamiga mansub “Sariq devni minib”, “Sariq devni quvib”, “Jannati odamlar”, “Quyonlar mamlakati”, “Mungli koʻzlar”, “Qasosokorning oltin boshi” kabi asarlar qahramonlari haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.
Ayniqsa, 5-sinf oʻquvchilaridan Iroda Nurullayeva, Hlkaroy Sobirova, Nargiza xalillayeva, 6-sinf oʻquvchilaridan Nilufar Bozorboyeva, Shahzod Safarboyevlar Xudoyberdi Toʻxtaboyev asarlarining haqiqiy bilimdonlarigina emas, balki targʻibotchilar ekanliklarini ham namoyon etdilar.
Mashhura Hayitboyeva, 8-sonli IDUM oʻquvchisi.
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶