KUTUBXONAGA SAYoHAT
Oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida buyuk maʼnaviy meros – mumtoz va hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti namoyondalari ijodiga hurmat va mehr tuygʻularini uygʻotish, ularni kitobxonlikka keng jalb qilish orqali yuksak Vatanparvarlik, halqparvarlik hamda maʼnaviy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qoʻshish maqsadida 2018-yilning 11-yanvar kuni tumanimizdagi 38-sonli umumtaʼlim maktabining bir guruh oʻquvchi-yoshlarining “Jayxun ilhomlari” NNT qoshidagi kutubxonaga sayohati tashkil etildi.
Maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi , “Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi Inobat Otajonova hamda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Pobiya Yoʻldosheva tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir orqali oʻquvchi-yoshlar 4000 dan ziyod kitob fondiga ega kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. NNT kotibasi Dildora Abdurahmonova ularni sohalar boʻyicha kitoblarning joylashuvi bilan tanishtirib, kutubxonada oʻtkazilayotgan turli mavzudagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar haqida maʼlumot berdi.
“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Pobiya Yoʻldosheva kutubxonadagi noyob kitoblar, xususan, Firdavsiyning “Shohnoma” asari, “Temur tuzuklari”, Alisher Navoiyning 10-jildlik asarlari toʻplami, 100-jildlik Qoraqalpoq folklori, 5-jildlik oʻzbek tilining izohli lugʻati, I.A.Karimovning asarlari haqida oʻquvchi-yoshlarga soʻzlab berdi.
Shundan soʻng oʻquvchi-yoshlardan 10 nafari kutubxona aʼzoligiga qabul qilindilar.
Oʻquvchi-yoshlardan Lobar Olloyorova, Iroda Yerdoshevalar kutubxonaga sayohatdan olam-olam zavq olganini, bundan keyin tez-tez NNT kutubxonasiga kelib turajaklarini bildirdilar.
Kitoblar olamiga qilingan ushbu sayohat oʻquvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
P.Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶